Germaniyadan Zokir Almatovni sudga tortish so'ralmoqda


Inson huquqlari bo’yicha “Human Rights Watch” (Xyuman Rayts Votch) xalqaro tashkiloti Germaniya yangi federal prokurori Monika Xarmsni (Monika Harms) O’zbekiston sobiq Ichki ishlar vaziri Zokir Almatovni Andijon qirg’inida ayblab, sudga tortishga chaqirmoqda.

“Avvali prokuror Key Nem (Kay Nehm), yuzlab qochqinlar ko’rsatmasi, Britaniyaning sobiq elchisi Kreig Myurrey (Craig Murray) ning guvohlik berish haqidagi arizasi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining qiynoqlar bo’yicha maxsus elchisi Teo van Boven (Theo van Boven) ning hisobotiga qaramasdan, dalillar yetishmovchiligi va O’zbekiston hukumatining hamkorlik qilishdan bosh tortayotganini aytib, Zokir Almatovninig insoniyatga qarshi qilgan jinoyatlariga ko’z yumgan va sobiq vazir jazosiz qolgan edi. Umidimiz yangi prokurordan”, - deydi Xyuman Rayts Votch tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo bo’yicha direktori Xolli Kartner (Holly Cartner).

Kartner xonim nazarida Germaniya Andijon qatliomiga oydinlik kiritish va haqiqatni yuzaga chiqarish uchun yaxshi imkoniyatga ega. Shu sabab, mazkur qonli voqeada aybdor deya gumon qilinayotgan sobiq vazir Almatovni javobgarlikka tortib, dunyoga Germaniya huquqiy va mazlumlarni himoya qiluvchi davlat ekanini istoblash vaqti keldi, deydi inson huquqlari himoyachisi Xolli Kartner.

XS
SM
MD
LG