Yangi videoda O'zbekistonning Andijon bo'yicha qarashi isbot topmaydi


Video tasvirni tomosha qiling

AQShning New York Times gazetasi 2005 yilning 13 mayida Andijonda aslida nima bo’lganini aks ettiruvchi video kassetaga ega ekani haqida xabar tarqatmoqda. Inson huquqlari tashkilotlari fojiada 700 dan ortiq kishi o’lgan desa, hukumat hisobicha Andijonda 200 dan kam odam halok bo’lgan.

New York Times gazetasining yozishicha, video ikki kishi tomonidan tasvirga tushirilgan va keyinchalik hukumat tomonidan olib qo’yilgan. Hukumat tasvirni montaj qilgan va Andijonda bosh ko’targanlikda ayblangan kishilarni sudlashda ashyoviy dalil sifatida qo’llagan, deya yozadi AQSh gazetasi.

Gazeta nazarida, videoning asl nusxasidagi manzara juda umumiy va uni turlicha qabul qilish mumkin. Unda namoyishchilarning qanchalik tartibsiz holda harakat qilayotganlarini va nima bo’layotganini o’zlari ham tushunmasdan turganini ko’rasiz.

Video O’zbekiston hukumatining Andijon qozg’oloni yuqori saviyada tayyorlangan chet-ellik terrorchilar tomonidan uyushtirilgan degan qarashini isbotlamaydi, deyiladi New York Times gazetasi bosgan maqolada.

XS
SM
MD
LG