Breaking News

Tojikiston yoshlari "Amerika burchaklaridan" xursand


Amerika Qo’shma Shtatlarining Tojikistondagi elchixonasida o’tadigan tadbirlar odatda mamlakat yoshlari uchun ochiq va ular tomonidan quvonch bilan kutib olinadi. Respublikaning uch mintaqasida – poytaxt Dushanbeda, Ko’lob universitetida va So’gd viloyat markazi Xo’jand shahrida “Amerika burchaklari” tashkil etilgan.

So’gd yoshlarining sevimli maskaniga aylanib qolgan bu burchakning tashkil etilishi va maqsadlari haqida so’z yuritar ekan, loyiha ishlari boshida turgan Madina Po’latova bu tashabbus AQShning Tojikistondagi elchisi Richard Xouglenddan chiqqanligini aytadi:

“AQSh elchisining tashabbusini Xo'janddagi yoshlar ham qo’llab-quvvatlashdi. “Amerika burchagi” tojikistonliklarga Amerika haqida barcha ma’lumotlarni bera oladi. Bu yerga keluvchilar Amerika elchixonasi sovg'a qilgan yuzdan ortiq kitoblar va qo’llanmalar hamda bepul internet tarmogi, sun’iy yo’ldoshga ulangan dunyo telekanallari orqali har qanday ma’lumotlarni ola bilsihlari va tanishishlari mumkin. Tashrif buyurayotgan odamlar taraqqiy etgan va demokratiya rivojlangan AQSh haqida ko’proq bilishni xohlaydilar va hozir bizga juda zarur bo’lgan demokratiyani rivojlantirish haqida ma’lumotlar olishni istashadi. Bizning “Amerika burhcagi”mizda ingliz tili klubi tashkil etilgan. Bu yerda haftada bir marta Amerika filmlari taqdimoti o’tkaziladi. Biz Amerikada AQSh davlat departamenti tomonidan moliyaviy qo’llab- quvvatlangan o’quv dasturlarida ishtirok etganlar uchun uchrashuv kechalarini tashkil etmoqdamiz”,-deydi Madina Po’latova.

Xo'janddagi “Amerika burchagi”da yaqindan beri “Amerika-Tojik bayramlari klubi” amal qilib kelmoqda. Ana shu klub Sho’rolar jamoasi a’zosi Saidazamxon To’rayev bu yerda o’ngga yaqin to’garaklar faoliyat yuritayotganini aytadi. 2006 yilning 14 fevralidan ish boshlagan klub a’zolari amerikalik tengdoshlari bilan shu paytgacha bir necha tadbirlar o’tkazishgan.

“Ikki mamlakatning tarixiy va zamonaviy bayramlarini birgalikda o’tkazish orqali Amerikada ham, Tojikistonda ham yoshlarning o’zaro aloqalari rivojlanishiga xizmat qilamiz. Biz Amerika va Tojikiston o’rtasida mustahkam madaniy aloqalar o’rnatilishini istaymiz”,-deb o’z maqsadlarini bayon etadi S. To’rayev.

Xo'janddagi “Amerika burchagi”ning doimiy muxlislari yaratib berilgan sharoitdan xursandligini aytishadi. Shulrdan biri, Xo'jand Davlat universiteti tolibi G'olibjon Sultonov buning uchun AQShning Tojikistondagi elchixonasiga minnatdorchilik bildirar ekan, “Amerika burchagi” orqali yoshlarimiz Amerika hayoti, demokratiyasi va siyosati bilan tanishmoqdalar, bilimlari va dunyoqarashlarini oshirishmoqda. Bugungi asrimiz – informasiya va globalizasiya asridir. “Amerika burchagi” singari joylar Tojikistonimizga yetmasdi”,-deydi.

Madina Po’latova esa o’tgan bir yil orasida “Amerika burchagi”ga sakkiz mingdan ortiq kishi tashrif buyurganini aytadi. Bu yerda, shuningdek, AQSh Davlat departmenti tomonidan moliyalashtirilgan o’zaro o’quv almashishinuvi dasturlari bo’yicha Amerikada tahsil olganlarning uchrashuv kechalari juda quvnoq o’tkazilishini sevinch bilan tilga oladi.

Talaba Baxtiyor Mansurov bu yerdagi tadbirlarda ishtiroki uning shaxs sifatida ulg'ayishida yordam berganini ta’kidlaydi:

“Amerika burchagi”da “Amerika va Tojikiston bayramlari klubi” tadbirlarida ishtirok etib mening Amerika haqidagi tasavvurim juda o’zgarib ketdi. Bu narsa meni shaxs sifatida kamol topishimga katta ta’sir o’tkazdi",-deydi u.

XS
SM
MD
LG