Qirg'izistonda bolalar ekspluatatsiyasi katta muammo


Birlashgan Millatlar Tashkiloti insonparvarlik axborot agentligining bildirishicha, Qirg’izistonda bolalarni ekspluatatsiya qilish keng tarqalgan.

Rasmiy ma’lumotlar so’nggi yillarda voyaga yetmagan bolalar mehnatidan foydalanishning 575 holatini qayd qilgan bo’lsa, mutaxassislar bu ko’rsatkichlar 125 mingdan ziyod, deya bildirmoqda.

Xalqaro Mehnat Tashkiloti va Qirg’iziston Kasaba Uyushmalari tarqatgan so’nggi hisobotga ko’ra, birgina Bishkek shahrida 7000 nafar bolaning ekspluatatsiya qilinayotgani ma’lum.

Ayollar va gender ishlari bilan shug’ullanuvchi mutaxassis Nurjon Bardinovaga ko’ra, 14-16 yoshdagi qiz bolalar orasida fohishabozlik hollari ham uchraydi.

XS
SM
MD
LG