Breaking News

O'zbekistonda Internetdagi tanqidiy nashrlar yopilmoqda


Chegara Bilmas Jurnalistlar tashkilotiga ko’ra, O’zbekistonda mustaqil internet nashrlarini yopish siyosati davom etmoqda. Muxolifat ruhidagi va O’zbekiston hukumatiga tanqidiy yondashadigan 15 veb-sahifani O’zbekistonda o’qish qiyin.

Mustaqil jurnalist Sergey Yejkovga ko’ra, 26 iyundan boshlab uning uzmetronom.com veb-sahifasi ham o’zbekistonliklar uchun yopib qo’yilgan. Mazkur veb sayt diqqatini O’zbekiston qonunchiligi bilan bog’liq muammolar hamda hukumat va parlament faoliyatini tanqid qilishga qaratgan edi.

O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan barcha internet provayderlar davlat boshqaruvidagi Uzbektelecom kompaniyasi orqali ulanishi lozim. Bu siyosat esa O’zbekiston hukumatiga xohlagan ma’lumotni senzura qilish imkoniyatini yaratadi, deya bildiradi Chegara Bilmas Jurnalistlar tashkiloti.

O’zbekiston hukumatini tanqid qilib, bugunda to’siqqa uchragan internet nashrlar qatorida fergana.ru, ozodovoz.org, centrasia.org, freeuz.org veb-saytlarini qayd qilish mumkin.

XS
SM
MD
LG