Breaking News

O'zbekistonda Vengriya jamg'armasi ogohlantirilmoqda


10 iyul kuni O’zbekiston Adliya vazirligi Vengriyaning mamlakatda faoliyat yuritayotgan Cherkovlararo yordam jamg’armasiga ogohlantirish berdi. Unda jamg’arma mamlakat qonunlarini buzayotganligi aytilgan.

Adliya vazirligi o’tkazgan taftishga ko’ra, iqtisodiy muassasa bo’lib ro’yxatdan o’tgan nohukumat tashkiloti mamlakat ichida bank xisob raqamiga ega emas, ammo barcha to’lovlar va oyliklarini naqd pul orqali amalga oshirgan.

Shuningdek, Vengriya tashkiloti ro’yxatdan o’tmagan ramzlarni ishlatganlikda va faoliyati borasida soliq idorasiga hisobot bermaganlikda ayblanmoqda. O’zbekiston Adliya vazirligi ko’rsatilgan kamchiliklarni to’grilash uchun Vengriya Cherkovlararo Yordam jamg’armasiga 30 kun muxlat bergan. Aks holda qonuniy choralar ko’rilib, tashkilot yopilishi mumkin.

Vengriya Cherkovlararo Yordam jamg’armasi O’zbekistonda 2002 yildan beri faoliyat yuritib, so’nggi paytda “Nogiron Ayollarga Yordam” dasturi ustida ish olib borayotgan edi.

XS
SM
MD
LG