Ramsfeld Tojikistonga tashrif buyurdi


AQSh Mudofaa vaziri Donald Ramsfeld dushanba kuni Dushanbega tashrif buyurdi.

Tojikiston prezidenti Imomali Raxmonov bilan o’tgan uchrashuvda Ramsfeld terror va giyohvand moddalarga qarshi kurash, ikki tomonlama hamkorlik va Afg’onistondagi vaziyatni muhokama qildilar.

Ayni damda Afg’onistonda xizmat qilayotgan AQSh samolyotlari ikki tomonlama shartnomaga ko’ra, Tojikiston havo hududidan foydalanib turadilar. Ramsfeld Tojikistonda so’nggi marta 2005 yil avgustida bo’lgan.

XS
SM
MD
LG