Breaking News

Qirg'izistonda DAN xodimi o'ldirildi


Qirg’iziston huquq-tartibot organlariga ko’ra, mamlakat janubi-g'arbidagi Jalolobod shahrida noma’lum qurollangan shaxslar Davlat Avtomobil Nazorati xodimini otib o’ldirgan. Voqea yakshanba kuni sodir bo’lgan.

Mahalliy rasmiylarning bildirishicha, DAN xodimi jinoyatchilar o’tirgan mashinani to’xtatgan zahotiyoq otilgan. Ularning ketiga tushgan militsiya xodimlarining ikkisi va voqeani kuzatib turgan bir fuqaro o’zaro otishmada yaralangan.

Jinoyatchilar qochishga muvaffaq bo’lganlar.

XS
SM
MD
LG