Breaking News

Qozog'iston-Rossiya orasida yangi shartnoma imzolandi


17 iyul kuni, Sankt-Peterburg shahrida o’tayotgan “Katta Sakkizlik” sammiti doirasida, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qozog’istonda yangi qo’shma korxona barpo etish maqsadida prezident Nursulton Nazarboyev bilan shartnoma imzoladi.

Unga ko’ra, Qozog’istonning Qorachag’anoq gaz konidan foydalanish uchun ikki mamlakat tenghuquqli hamkor bo’ladi.

Qozog’iston rahbari Nursulton Nazarboyevga ko’ra, mazkur qo’shma loyiha gaz ishlab chiqarishda ikkala mamlakat sarmoyasini tejash uchun xizmat qiladi. Qorachag’anoq gaz konidan yiliga 15 milliard kubometr gaz ishlab chiqarish ko’zlanmoqda.

XS
SM
MD
LG