Breaking News

O'zbekiston dehqonlariga Ukrainada ishlash imkoniyati yaratildi


Ukraina rasmiylari bilan erishilgan dastlabki kelishuvga ko’ra, o`zbekistonlik dehqonlar Ukrainada qonuniy ravishda ishlashlari mumkin bo’ladi. O`zbek dehqonlarining Ukrainada ishga joylash loyihasi tashkilotchilaridan biri huquq himoyachisi Marat Zohidovga ko`ra, bu masalada Ukraina Fermerlar uyushmasi bilan muzokoralar o`tkazilgan.

Ayni payda o`zbek dehqonlarining mehnatidan va tajribasidan manfatdorligini bildirayotgan xo`jaliklar bor, hozirda Kiev atrofidagi tumanlardan birida o`zbekistonlik dehqonlar uchun yotoqxona qurib bitkazilmoqda.

“Hozircha odamlar jo`natilgani yoq, lekin yaqinda Ukrainaga borib keldim. Birinchi borishim, hali shartnomalarni imzolashimiz kerak, lekin joylarni ko`rib keldim, bu taklif bizga juda yoqdi”, - deydi Marat Zohidov.

Shaxs huquqlarni himoyalash xalqaro tashkilot raisi Marat Zohgidovga ko`ra, agar bu loyiha amalga oshsa yiliga bir yarim mingga yaqin o`zbekistonlik dehqonlar ish bilan taminlashi mumkin. Dehqonlar dastlab pillachilik bilan shug`ullanishi kutilmoqda.

Marat Zohidovga ko`ra, o`zbek dehqonlari orasida bu taklif qo`llab quvvtlangan. Loyiha aynan bir viloyat miqyosida emas balki, O`zbekistonning barcha viloyatlaridan fermerlarni jalb qilish asosida amalga oshiriladi.

Ayni paytda O`zbekistonda dehqonchilik mavsumi, jumladan g`alla hosilini yig’ishtirish ishlari davom etmoqda. Viloyatdagi ma’lumotlarga ko`ra, bu yil g’alla yetishtirgan fermerlar belgilangan rejalani bajara olishmagan.

Bunga sabab sifatida suv tanqisligi, texnika yetishmasligi, fermer uchun g`alla ekishdan manfaatdorlikning yo’qligi kabi holatlar keltiriladi.

Jizzaxlik huquq himoyachilaridan biri Ziyodilla Razzoqovga ko`ra, o`tgan yil rejasini bajargan fermerlarga rejadan oshiq bug`doy qoldirilgan bo`lsa, bu yil rejasini topshirgan fermerlarga hech narsa qoldirilmadi.

Ziyodilla Razzoqov tirikchilik umidida ish izlab chetga chiqib ketayotgan dehqonlar soni yil sayin ortib bormoqda, ular aynan fermerlik bilan shug’ullanish emas, balki kun o`tkazish uchun har qanday ish bajarishga rozi ekanini aytmoqda.

Marat Zohidov esa o`zbek fermerlarining bugungi ayanchli ahvolidan kelib cvhiqqn holda ham bu tashabbusga qo`l urilganini aytadi. Unga ko`ra, eng asosiysi o`zbek dehqonlari Rossiyda yoki Qozog`istonda kuzatilayotgani kabi xo`rlikka uchramaydi, huquq himoyachilarining e`tiborida bo`ladi, Ukarina fermer xo`jaliklari esa, o`zbekistonliklarning huquqlarini ta`minlash majburiyatini oladi.

XS
SM
MD
LG