Livan olov ichida, jahon hamjamiyati esa bir to'xtamga kela olmayapti


Isroil samolyotlarining 25 iyul kunidagi hujumi oqibatida BMTning ikki tinchlikparvar xodimi halok bo’ldi. Bosh kotib Kofi Anan Isroilni zo’ravonlikda ayblamoqda. Isroil Bosh vaziri Yahud Olmert Annanga hamdardlik bildirdi. Rimda Yaqin Sharq muammoasi yuzasidan jahon hamjamiyati ishtirokida o’tgan konferensiya samara bermadi. Bush Vashingtonda, Iroq hukumati rahbari Nuri-Al Maliki bilan Yaqin Sharqda xavfsizlik masalasini muhokama qildi.

Mintaqadagi muxbirimiz Jim Tiplga ko’ra, 25 iyul, seshanba kuni Isroil Hizbullohning muhim strategik shaharlariga zarba bergan. Yerdagi hujumlar oqibatida 12 nafar Isroil askari halok bo’lgan. Havo hujumi oqibatida esa Xitoy, Finlyandiya, Avstriya va Kanadadalik BMT tinchlikparvarlariga zarar yetgan, ikki nafari bombalardan halok bo’lgan. BMT Bosh kotibi Kofi Annan, Isroilning bu harakatini tanqid qilib, samolyotlar atayin tinchlikparvarlarni nishonga olgan dedi. Isroil tashqi ishlar vazirligi so’zlovchisi Yigal Palmar, Annan gaplarini bo’rtirma dedi:

“Nega endi biz ataylab BMT kuztuvchilarini nishonga olishimiz kerak ekan? Bizga bundan qanday foyda tegishi mumkin. Ro’y bergan xodisa fojeadir biz bundan afsusdamiz va hamdardligimizni izhor etmoqchimiz. Buni biz xato deb qabul qilib, tergov ishlarini olib borishimizni bildirmoqchiman”, -deydi Isroil tashqi ishlar vazirligi so’zlovchisi.

Iroq Bosh vaziri Nuri Al Maliki 25 iyul kuni Oq Uyda AQSh prezidenti Jorj Bush bilan uchrashar ekan, Livan va Isroilni sulhga chaqirshini bildirdi. “Tomonlar otishmalarni to’xtatishi lozim va Livan xalqini behuda o’lib ketishining oldini olish kerak”, -dedi Iroq bosh vaziri Al-Maliki.

Prezident Bush AQSh hukumati vaziyatga befarq emasligini aytib, Livan xalqiga insonparvarlik yordamini berishga tayyor ekanini bildirdi:

“Iroq bosh vazirini ishontirib aytamanki Livan aholisining jabr ko’rayotganidan qattiq qayg’udaman. Mintaqadagi yetakchilarning bu muammoni tezroq xal qilish borasidagi chaqiriqlarni quvvatlayman”, -dedi Bush.

Biroq AQSh rahbari Hizbulloh qurolsizlantirilmaguncha muammo yechim topmasligini ham ta’kidlab o’tdi:

“Men davomiy barqarorlikka olib keluvchi sulh tarafdoriman. Livan hukumatini mustahkamlash va tinch aholini quvvatlashimni bildirdirmoqchiman”, -deydi Bush jurnalistlarga bergan intervuysida.

26 iyul kuni, Rimda esa, dunyonining 18 mamlakatidan kelgan rasmiylar va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida yig’ilish o’tdi. Maqsad, Yaqin Sharqqa tinchlik olib kelish. Italiya Bosh vaziri Romano Prodi yig’ilish mezboni sifatida gapirar ekan Livan va Isroilni sulhga olib kelish konferensiyaning bosh mavzusidir, dedi:

“Janglarni to’xtatib aholining jabr ko’rishini oldini olish lozim. Zo’ravonliklar natijasida 700 mingga yaqin livanlik boshpanasiz qoldi. Qochqinlarga insonparvarlik yordamini yetkazish kerak, buning uchun esa sulh tuzmoq zarur”, -dedi Italiya Bosh vaziri Prodi.

Anjummaning ikkinchi mezboni sifatida qatnashayotgan AQSh Davlat kotibasi Kondoliza Rays esa mojaroda Hizbullohni ayblab, rasmiy Vashington muammoning ildizi bilan yo’q qilish tarafdori dedi.

Anjumanda qatnashgan Livan Bosh vaziri Fuad Siniora muzokaralarda oz bo’lsada muvaffaqiyatga erishildi, navbat amaliy qadamlarga dedi.

Biroq mutaxassislar Rim uchrashuvi samarasiz yakunlandi demoqda, sabab tomonlar aniq bir to’xtamga kelmagan. Uchrashuvda so’z olgan BMT Bosh vaziri Kofi Annan zo’ravonliklar zudlik bilan to’xtatilishi lozim deya yana bir bor ta’kidlab o’tgan.

Yaqin Sharqda Isroil va Livan orasidagi mojarodan jabr ko’rayotgan yana bir narsa bu Livan iqtisodiyotidir. Isroil armiyasi tomonidan berilgan zarbalar, yo’q qilingan infratuzilmalar, yer bilan tekislanga binolar Livan uchun millardlab dollarga tushadi.

Iqtisodchilarga ko’ra Livan yigirma yillik urush va inqirozdan so’ng, qad rostlab barqarorlik sari qadam qo’yib kelayotgan edi. Livan o’z iqtisodiyotini turizm hisobidan rivojlantirmoqda edi. Turli sarmoyadorlar va chet-el kompaniyalari ham Livanga sarmoya qo’yishni boshlagandi. Biroq mutaxassislar Isroil tomonidan yaqinda boshlangan yangi hujumlar kurtak otib kelayotgan Livan iqtisodiyotin yakson qildi, demoqda.

Vashingtonda joylshgan Amerika Universitetining siyosiy tahlilchisi Xalil Hasan vayron qilingan yo’llar, ko’priklar, aeroport va binolarni qo’shib hisoblaganda Livan iqtisodiyoti 3 milliard dollar zarar ko’rmoqda, deydi:

“Mamlakatning butun boshli sanoati yer bilan yakson bo’ldi. Fabrikalar buzib tashlangan. Yo’llar deyarli yo’q, transport qatnovi ishdan chiqqan, bank va maishiy xizmat idoralari umuman ishlamaydi. Fermalar yonib kul bo’ldi, dalalarda hosil nobud bo’lmoqda. Mamlakat yo’qchilik sari yuz tutmoqda”, -deydi Amerika Universiteti professori.

Zo’rovonliklar boshlanishidan oldin Livanga 1.5 millionga yaqin turistlarning kelishi kutilayotgan edi. Bu mamlakat daromad ko’radi deganidir. Biroq iqtisodchilar endi Livan Yaqin Sharqning so’lim maskaniga aylanadi degan fikrdan yiroqlashmoqda.

“Livan tiklanayotgan edi. O’tgan yili, 1974 yildan beri qayd etilmagan ko’rsatkichga erishgandi. Mamlakatga bir yilda milliondan ziyod sayyoh tashrif buyurdi”, -deydi yevropalik iqtisodchi Peter Grimsditch.

Janob Grimsditchga ko’ra, yana bu kabi yutuqqa erishish Livan uchun amri mahol bo’ladi:

“Vaziyatni kuzatyapmiz. Mamlakatni tark etayotgan britaniyalik, italiyaliklarni, frantsuzlar va amerikaliklarning dardlarini tinglayapmiz. Ko’pchiligi ikki fuqarolikka ega, Livanda bir qator kompaniyalarda ishlayotgan edi. Endi esa ular kasodga uchramoqda, kompaniyalar yopilmoqda va bu bilan horijiy valyuta oqimi ham”, -deydi janob Grimsditch.

Mojaro, shuningdek, Isroil iqtisodiyotini ham chetlab o’tmadi. Hizbulloh raketalari bir qator binolarni vayron qilgan bo’lsa, Isroilning harbiy harakatlari uchun hozirga kelib 2 milliard dollarga yaqin mablag’ sarflandi.

Biroq farqi shundaki deydi, iqtisodchi Nariman Behravesh, Isroilning iqtisodiyoti Livannikiga qaraganda ancha qudratlidir.

“To’g’ri, bunday davom etsa Isroilning iqtisodiyoti ham uzoq vaqtgacha dosh bera olmasligi mumkin. Sabab so’nggi besh yil ichida mamlakat juda ko’p pastu-balandlikni boshidan kechirdi. Biroq Isroilning boshqaruv hamda ishlab chiqarish tizimi uning qo’shnilarnikidan bir necha marta ustun kelishi aniqdir”, -deydi janob Behravesh.

Biroq, deydi tadqiqotchilar, Isroil Livan mojarosi nafaqat Yaqin Sharq iqtisodiyotiga balki Yevropa hatto AQSh iqtisodiyotiga ham jiddy zarba berishi mumkin. Buning oddiy sababi, urush tufayli neft narhining oshishidir. Bir barrel, ya’ni 168 litrga yaqin neftning narxi 100 dollarga ko’tarilishi bashorat qilinmoqda. Bu esa AQSh va dunyo bo’ylab vahima ko’tarishi tayin.

XS
SM
MD
LG