Xalqaro Bo'hronlar Tashkiloti Yaqin Sharq muammosini yechmoqchi


Xalqaro Bo’hronlar tashkiloti yaqinda chiqargan “Isroil-Falastin-Livan: Jarlikdan chiqish” tahlilnomasida, Yaqin Sharqdagi notinchliklar va mojaralor sababini faqat diplomatik yo’l bilan hal qilish mumkin degan xulosaga keladi.

Tahlilnomada aytilishicha, Yaqin Sharqda jumladan, Isroil-Falastin, Isroil-Livan mojarolarini yechish uchun, ikki tomon o’q otishni to’xtatishi, barqarorlikni ta’minlashda aniq choralar ko’rishi va ikki tomonlama tinchlik muzokaralarini boshlashi lozim. Agar muammoga xalqaro hamjamiyat aralashmasa uning yechimini topish uzoqqa cho’zilishi mumkin.

Muzokarlarga barcha tomon taklif qilinishi kerak. Isroil, Falastin, Livan hukumati vakillari bilan bir qatorda, Xamas va Hizbulloh yetakchilari ham. Barcha tomonning shart va talablari tinglanishi va xalqaro hamjamiyat tomonidan, xalqaro qonunlar asosida yechim izlanishi lozim, deydi Xalqaro Bo’hronlar tashkiloti tahlilchilari.

Tashkilotning Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika dasturi rahbari, Robert Malliga ko’ra, bugungi kunda zo’rovonlikni kuch bilan bostirish ish bermaydi:

“Harbiy amaliyotlar, raketa zarbalari o’z ishini bajarashini kutib o’tirish yaramaydi. Sabab, o’q ovozi va portlashlar ostida hech qanday kelishuvga kela olmaysiz”, -deydi janob Malli.

Xalqaro Bo’hronlar Tashkiloti muammo yechimiga olib keluvchi bir qator shartlarni taklif qilmoqda. Jumladan:

- Livan va Falastin muammosi alohida hal qilinishi lozim. Sabab ularga bir ko’z bilan qarash vaziyatni chigallashtiradi.

- Falastin xalqiga o’z hukumatini saylab muammoga va zo’ravonliklarga mustaqil yechim topishiga imkon berish kerak.

- Isroilni Hizbullohni yo’q qilish qaroridan qaytarish lozim. Hizbullohni yakson qilish yo’lida Isroil armiyasi tinch livanliklarni ham halok qilmoqda.

- AQSh tashqi siyosatida o’zgarishlar qilish zarur. Jumladan, AQSh hukumati Suriya va Eron bilan munosabatini qayta ko’rib chiqishi darkor.

- Yevropa Ittifoqi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan hamkorlikda tinchlikparvarlik missiyasini boshlashi, Hizbulloh va Xamas vakillariga jiddiy qarashi kerak, deya chaqirmoqda Xalqaro Bo’hronlar Tashkiloti.

XS
SM
MD
LG