O'zbekistondagi arab va yahudiy guruh vakillari Yaqin Sharq haqida


Toshkentda Misr Arab Respublikasi elchixonasiga qarashli Arab madaniyat markazi rahbariga ko`ra, Yaqin Sharqda tinchilik o`rnatilishi uchun Livanga BMT tinchlikparvar qo`shinlari kiritilishi kerak. Professor Mustafo Abdulrahim BMT qo`shinlari Livan hududiga kritilishi va hozirda kechayotgan potlashlarni t`oxtatishi lozim, deydi.

“Aks holda vaziyat hozirdagidek davom etaveradi, Isroil tomoni hozirda Livandagi barcha hayotiy muhum bo`lgan obyektlarni portlatdi, tinch aholi qurbon bo`layotganligini kuzatayapmiz, qurbonlar ko`payib bormoqda, Isroilning ikki askari evaziga qancha tinch aholi qurbon bo`ldi, bu falastiniklarning hayoti arzon baholanayotganidan darak bermoqda, Isroil darhol raketalar yordamida hujum qilmasdan, ozgina sabr ko`rsatishi kerak edi”, - deydi professor Mustafo Abdulrahim.

Professor Hizbulloh guruhi tomonidan Isroil askarlarining o’g’irlanishini qanday baholash mumkin, degan savolga quyidagicha javob beradi:

“Isroil tomoni ko`plab falastinliklarni asirga olgan, ular hozir qamoqxonalarda o`tirishibdi, ularni ozod qilish kerak, falastinliklarni ko`pi o’z vatanlaridan tashqarida yashahga majbur. Agar bu muammolar hal etilsa Isriol va Hizbulloh o`rtasida hech qanday muammo qo’lmaydi”.

Professor Abdulrahim Isroil harbiy harakatlariga baho berar ekan, bu muammoda AQShning o`rnini alohida ta’kidlaydi, unga ko`ra, agarda Isroilni AQSh qo`llab quvvtlamaganda, bu harbiy harakatlar amalga oshirilmas edi.

“Hozirda Isroil hech kimga quloq solmayapti, Hizbulloh ham xuddi shunday. Vaziyatga kuchli bir tomon qo`shilishi kerak. Bu tomon esa Amerika, hammasi uning qo`lida”, – deb hisoblaydi professor.

Hizbulloh guruhiga ta’sir qiluvchi tomon sifatida professor Eronni va qisman Suriyani keltirib o`tadi.

Arab madaniyat markazining rahbari, professor Mustafo Abdulrahimga ko`ra, ayni paytda Misr prezidenti Livandagi keyin vaziyatga berham berish uchun Isroil, Falastin, Hizbulloh vakilari bilan muzokaralar o`tkazmoqda.

Toshkentdagi “Join” AQSh-Isroil hayriya tashkiloti rahbari Boris Nedosekov esa, Yaqin Sharqdagi jarayonlarni ta’riflar ekan, terrorchi guruhlar bilan murosa qilish mumkin emasligini aytgan. AQSh - Isroil hamkorligidagi Join tashkiloti O`zbekistondagi yahudiy jamoalar, madaniy qadriyatlarga etibor qaratadi. Tashkilot rahbari Boris Nedosekov terrorchi guruhlar bilan munozara qilib bo`lmasligini ta’kidlaydi.

“Ular bilan boshqacha tarzda muomila qilish kerak”, - deydi u.

Boris Nedosekovga ko`ra, majoroga sabab faqatgina Isroil askarlarining o`g’rilanishi emas, balki vaziyatning aynan shunga olib borilganidir, jumladan Hizbulloh tomonidan yosh avlodning terrorchilik ruhida tarbiyalanib borayotganligi, keskin vaziyatni yuzaga keltirgan sabablardan biri sifatida keltiriladi.

“Hozirgi vaziyatda tezroq bu keskinliklarning barham topishini tilashdan boshqa chora qolmayapti”, -deydi Nedosekov.

U terrochi guruhlar bilan muzokaraga borish shart emasligini uqtirar ekan, shu bilan birga Isroil tomonidan amalga oshirilgan ba`zi harakatlarni, jumladan haddan ortiq ravishda kuch ishlatilishiga ham shaxsan qo`shila olmasligini bildirib o`tadi.

“Mening nazarimda haqiqat qayerdadir o`rtada, men albatta Hizbullohning terrorga asoslangan siyosatiga qarshiman, shu bilan bir qatorda Isroil tomonidan amalga oshirilgan ba`zi harakatlarga ham qo`shila olmayman. Bu muammo qanday hal etilishi kerakligi haqida aniq bir narsa deya olmayman, chunki muammoning ildizi juda chuqur. Ehtimol bevosita o`sha hududda yashaganimda bu haqda aniq bir narsa deyishim mumkin edi, lekin voqelarni asosan matbuot orqali kuzatib, xulosa chiqarish qiyin”, - deydi Boris Nedosekov.

O`zbekistonda yashayotgan yahudiy jamoalar ko`pchilikni tashkil etadi, shuningdek O`zbekistondan Isroilga ko`chib ketgan yahudiylar ham anchagina. Boris Nedosekovga ko`ra, hozircha o`zbekistonlik yahudiylarning jabrlangani haqida ma`lumotlar yo`q.

Takidlab o`tamiz Isroilning Livanga nisbatan harbiy harakatlari bundan bir necha xafta oldin Hizbulloh guruhi tomonidan isroillik ikki askarning o`g’irlanishidan so`ng boshlangandi. Hozirgacha harbiy haraktlar tingani yo’q, xalqaro hamjamiyat tomonidan vaziyatni yumshatish uchun qilinayotgan harakatlar samarasiz qolmoqda.

Isroil askarlarining qaytarilishini, Hizbulloh esa falastinliklarning Isroil qamoqxonalaridan ozod etilishini talab qilmoqa.

XS
SM
MD
LG