O'zbekistonda Nyumont kompaniyasi mulki muzlatildi


Bosh idorasi AQShning Denver shahrida joylashgan Nyumont konchilik korporatsiyasiga (Newmont Mining Corp.) ko'ra, O'zbekiston hukumati kompaniyaning ba'zi mulkini tortib olgan va Zarafshon-Nyumont qo'shma korxonasida qayta ishlangan oltin eksportini to'xtatib qo'ygan. Bundan tashqari qo'shma korxonaning bankdagi hisob raqami muzlatilgan. O'zbekiston hukumati Nyumont 48 million dollar miqdorda soliq to'lamagan, demoqda.

Qo'shma korxona qoshida 900 ga yaqin kishi ishlaydi. Uning vakillariga ko'ra, korxona O'zbekiston soliq qonunchiligidagi o'zgarishlardan xoli bo'lishi kerak edi. Biroq soliq idoralari buni inkor etmoqdalar.

XS
SM
MD
LG