Breaking News

Britaniya AQShni terror xurujlaridan saqladi


Britaniya rasmiylari AQShga yo’l olayotgan samolyotlarni portlatish rejasining fosh qilingani haqida ma’lum qildilar. Amerika ovozining Londondagi muxbiri Gari Tomasning xabar qilishicha, ayni damda Britaniya aeroportlarida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan, ba’zi reyslar esa qoldirilgan.

Xuruj haqidagi axborotdan Britaniya politsiyasi va xavfsizlik xizmatlari xabar topganlar. London politsiyasi komissari muovini Pol Stivensonga ko’ra, terrorchilar portlovchi moddalarni samolyotga qo’l yuki ichida olib o’tmoqchi bo’lgan.

Stivenson samolyot AQShga yo’l olishi va dastlabki ma’lumotlarga ko’ra terrorchilar 10 tagacha samolyotga chiqishlari kerak edi, deydi. Biroq terror xuruji rejasi tafsilotlarining qanchalik fosh etilgani haqida hech narsa deyilmayapti.

Britaniya politsiyasi rasmiysi Pol Stivensonning aytishicha, reja amalga oshgan taqdirda, AQShda ko’plab qurbonlar bo’lishi mumkin edi.

Unga ko’ra, ayni damda 21 kishi hibsga olingan. Ularning aksariyati Londonda ushlangan. Britaniyaga uchayotgan ko’plab reyslar bekor qilindi. Mamlakatdan ham ba’zi reyslar qoldirildi, ba’zilari esa bekor qilindi. Ayrim ma’lumotlarga ko’ra, xuruj rejasiga al-Qoida aloqador bo’lishi mumkin.

AQSh Britaniya kabi mamlakatdagi xavf darajasini kirayotgan samolyotlarga nisbatan qizil, ya’ni eng yuqori ko’rsatkichga ko’tardi. AQSh ichidagi reyslarga ham xushyor bo’lish tavsiya qilindi.

AQSh Ichki xavfsizlik vaziri Maykl Chertoffning aytishicha, Londonda terrorchi deb gumon qilinganlarning ushlanishi xavf darajasini bir oz tushirgan bo’lsada, uning butunlay bartaraf etilishi haqida gapirish hozircha erta. AQSh ichki reyslarida suyuq moddalarning olib o’tilishi vaqtinchalik ta’qiqlandi, chunki dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, terrorchilar suyuq portlovchi moddalardan foydalanmoqchi bo’lganlar.

XS
SM
MD
LG