Tojikistonda prezident tan soqchilari qamoqqa tashlandi


Tojikiston Oliy Sudi prezident xavfsizlik xizmatining sobiq boshlig’i G’affor Mirzoyevni isyon va qotillikda ayblab, bir umrlik qamoq jazosiga mahkum qildi. Mirzoyevdan tashqari uning hamtovoqlari deb aytilgan prezident xavfsizlik xizmatining yana 15 xodimi prezident Emomali Raxmonovga qarshi fitna rejalaganlikda aybdor deb topildi va ularga 16 yilgacha bo’lgan turli qamoq muddatlari belgilandi.

2004 yilda hibsga olingan Mirzoyev barcha ayblovlarni rad etgan.

Ba’zi muxolifat vakillariga ko’ra, prezident Raxmonov o’z mavqesini kuchaytirish maqsadida siyosiy raqiblaridan qutulmoqda.

XS
SM
MD
LG