Breaking News

O'zbekistonda AQShning Crosslink tashkiloti yopilishi mumkin


11 avgust kuni O’zbekiston Adliya vazirligi AQShga qarashli yana bir tashkilotning yopilishini talab qilib Toshkent shahar fuqarolik sudiga murojaat etdi. Vazirlikka ko’ra, Kroslink Development Interneshnl (Crosslink Development International) tashkiloti nizomida ko’rsatilgan faoliyat doirasidan chetga chiqqani uchun va O’zbekiston qonunchiligiga xilof ish olib borgani uchun yopilishi kerak.

So’nggi oylar ichida AQShning 10 dan ortiq tashkiloti deyarli bir xil ayblovlar asosida yopildi. Mustaqil kuzatuvchilarga ko’ra, bu o’tgan yil may oyidagi Andijon voqealaridan so’ng AQShning O’zbekiston hukumatiga nisbatan tutgan tanqidiy pozitsiyasi bilan bog’liqdir.

XS
SM
MD
LG