Breaking News

Inson huquqlari faollari Yevropada piket o'tkazdilar


O’zbekistonlik Huquq Himoyachilari Xalqaro Jamiyati raisi Mo’ydinjon Qurbonovning bizga ma’lum qilishicha, jamiyat tashabbusi bilan Shvetsiya va Daniyadagi Rossiya elchixonasi qarshisida Ivanovo shahrida hibsda saqlanayotgan o’zbekistonlik qochqinlarni vataniga deportatsiya qilish haqidagi Rossiya Bosh prokuraturasi qaroriga nisbatan norozilik piketi o’tkazildi.

Piket bir soat davom etgan.

Shvetsiyadagi Rossiya elchixonasi qarshisida o’tkazilgan piketda besh kishi qatnashgan. Rossiya elchixonasi xodimi to’plangalarni elchixona oldidan keitishlarini so’ragan va ularning murojaatnomasini qabul qilib olishni istamagan. Piket ishtirokchilariga ko’ra, ular murojaatnomani elchixona pochta qutisiga tashlaganlar.

Daniyadagi piketda ham besh kishi qatnashgan. Rossiya elchixonasi siyosiy ishlar bo’yicha kotibi Vladimir Lyapkin piketchilar oldiga chiqib murojaatnomasini qabul qilib oldi, deydi O’zbekistonlik Huquq Himoyachilari Xalqaro Jamiyati raisi Mo’ydinjon Qurbonov.

XS
SM
MD
LG