Vatanga qaytarilgan qochqinlar terrorizmda ayblanmoqda


O`zberkiston prokuraturasi Qirg`izistondan O`zbekistonga qaytarilgan besh qochqinni terrorchilikda ayblamoqda. Shuningdek, bu borada tergov olib borgan guruh vakillari, hozirda O’zbekistonda faoliyatini to’xtatgan BMT Qochqinlar agentligi Akromiya harakati a’zosi bo’lganlikda gumon qilingan qochqinlarni himoya qilib, xalqaro normalarni buzgan, deb chiqmoqda.

O`zbekiston prokuraturasi tarqatgan ma`lumotlarga ko`ra Qirg`izistondan qaytarilgan qochqinlarga nisbatan Andijon viloyati prokuraturasi tergov surushtiruv ishlari olib borilmoqda.

Prokuraturaga ko`ra Qirg`izistondan qaytarilgan qochqinlardan biri Pirmatov “Akromiylar” harakatining faol a`zolaridan biri va Andijon viloyat hokimyatini qo`lga olishda qatnashgan.

Qochqinlarning ikki nafari, Rahimov va Maqsudovlar garovga olingan Andijon shahar prokurori G`ani Abdurahimovni namoyishchilar huzuriga olib chiqqani ta`kidlanadi. Prokuraturaga ko`ra keyinchalik prokuror terorchilar tomonidan o`ldirilgan.

Andijon fojeasi guvohi bo`lgan huquq himoyachilariga ko`ra esa prokuror hukumat qo`shinlari tomonidan tinch aholi o`qqa tutilishi mobaynida halok bo`lgan.

Qochqinlarning biri avval giyohvand moddalari savdosi uchun qamalgan mahbus ekanligi aytiladi.

O`tgan hafta Qi`rgiziston hukumati besh andijonlikni, qochqinlik maqomiga ega bo`lishiga qaramasdan, O`zbekistonga qaytargan edi.

Qirg`iziston hukumatining bu qarori BMT Qochqinlar agentligi, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlarning keskin tanqidiga uchragan.

Bu tanqidlarga ko`ra, qiynoqlar muntazam qo’llanilayotgan O`zbekistonga qochqinlarni qaytarilishi xalqaro qonunlarning buzilishidir.

Mahalliy inson huquqlari himoyachilariga ko`ra ham Andijon fojialari bo`yicha otgan sud-tergov jarayonlarida qiynoqlar qollanilgan va qo`llanishda davom etmoqda.

XS
SM
MD
LG