Breaking News

Toshkentda AQSh oltin qazuvchisiga nisbatan bankrot ishi qo'zg'atildi


O`zbekiston Davlat mulk qo`mitasi ko`ra, “Zarafshon- Nyumont” (Zarafshan-Newmont ) AQSh- O`zbekiston qo'shma korxonasi

bankrotlikda tekshirilmoqda.

Navoiy viloyati xo`jalik sudi qo`shma korxonani boshqarishni O`zbekiston Davlat mulk qo`mitasiga yuklagan.

Nyumont kompaniyasining Toshkentdagi vakolatxonasi bu borada biror ma`lumot bermagan. Kompaniya yuristi Jamol Asqarov advokat sifatida ma`lumot taqdim eta olmasligini bildiradi.

“Zarafshon-Nyumont” qoshma korxonasi o'z xodimlarini AQShga qaytargani va kompaniya aksiyalarini sotuvga qo`yishni rejalagani haqidagi ma`lumotlar mavjud.

Qizilqum cho'li bag'rida joylashgan Zarafshon-Nyumontga 1995 yilda asos solingan. Qo'shma korxonaga ko'ra u O'zbekiston iqtisodiyotiga shu kungacha 0.5 milliard dollar atrofida daromad keltirgan.

Qo`shma korxona O`zbekiston Soliq idorasi tomonidan 48 million AQSh dollari miqdoridagi soliq va jarimalarni to`lamaganlikda ayblanmoqda. Hozirga kelib kompaniyaning qo`shma korxonadagi aksiyalari tasarrufga olingan, hisob raqamlari muzlatilgan va qayat ishlangan oltinni tashqariga chiqarish ta`qiqlab qo`yilgan.

Nyumont vakillarining avval tarqatgan ma`lumotlariga ko`ra, kompaniya O`zbekiston hukumatining maxsus qaroriga binoan imtiyozli ravishda faoliyat yuritib kelgan va soliq idoralari tomonidan bildirilayotgan e`tirozlar o`rinsiz. Bu masala adolatli yechilmagan taqdirda kompaniya xalqaro arbitraj sudiga murojaat qilishi mumkin.

Nyumont masalasi AQSh Davlat kotibi muovini Richard Baucherning O`zbekistonga yaqinda qilgan tashrifi mobaynida ham ko`tarilgan edi.

“AQSh bizneslari mamlakatda muammolarga uchramoqda. Bu masala rasmiy uchrashuv chog`ida muhokama qilindi. Bu har tomonlama ehtiyotkorona yondashuv talab etadi. Chet-el kompaniyalariga nisbatan bunday munosabat mamlakatdan boshqa investorlarning chiqib ketishiga sabab bo`lishi mumkin”,- deya ta'kidlagan edi AQSh Davlat kotibi muovini.

Kuzatuvchilar “Zarafshon-Nyumont” kompaniyasi haqida fikr bildirishar ekan, Davlat mulk qomitasining qo`shma korxonani tekshira boshlaganini siyosiy qaror sifatida baholashadi.

Sobiq tadbirkor A`zam Turg`unov nazarida O`zbekistonda chet-el kompaniyalarining o`z qo`ygan mablag`larini ololmasdan chiqib ketish holatlari mavjud hamda turli davlat idoralarining so`roqsiz ravishda korxonaga tegishli pullarni olib qo`yishi ham ko`pincha korxonalarni bankrotlikka olib boradi.

“O`zbekiston prezidenti, avval “Zarafshon-Nyumont” 50-50 tarzda faoliyat boshlaganini maqtab ta'riflagan edi. O`zbekistonda hukumat xohlasa gullab-yashnayotgan kompaniyani ham bankrotlik holatiga tushirish mumkin. Qoshma-korxona tilla bo`yicha ishlagan, uning bankrotligi haqida gapirish mantiqqa zid, bunday katta kamponiyalar ortida siyosiy o`yinlar turadi”, - deydi A`zam Turg`unov.

Mahalliy ekspertlar O`zbekistondagi investitsion muhutning xalqaro me'yorlarga javob bermasligi, iqtisod hukumatning nazorati va xohishi bilangina boshqarib kelinayoyotganligini ta'kidlab kelishadi.

Ular fikricha, hozirda G`arb bilan aloqlar sovuqlashgan O`zbekistonda ishlayotgan yirik kampaniyalarni tugatish faoliyati boshlangan.

O`zbekiston hukumati Britaniyaga qarashli “Okcuc Gold” (Oxus Gold) kompaniyasiga Surxandaryo viloyatida yer osti boyliklari qazish uchun berilgan litsenziyani bekor qilgan.

Hukumat qarori bilan bu hududda qazilma ishlarini olib borish Olmaliq tog` metallurgiya kombinati zimmasiga o`tkazilgan.

Kuzatuvchi Iskandar Xudoyberganovga ko`ra, O`zbekistondagi o`gir iqtisodiy ahvolning sababi sarmoya uchun qanday muhit yaratilganiga ham bog`liq:

“Ahvol ancha yildan buyon og'`ir. G`arb ahvol yaxshilanishi mumkin degan umidda ko`mak ko`rsatib kelayotgan edi. Mamlakatda bozor iqtisodi yoq bo`lgan bir paytda, yana nima deyish mumkin? Hozirgi o`gir iqtisodiy ahvolga aynan investitsiyaga oid sharoitning yo`qligi ham sabab”.

Ekspertlarga ko`ra, G`arb bilan hamkorlikning tugatilayotganiga G`arbning Andijondagi qirg'in ustidan qilgan tanqidi sababdir.

Ular ta'biricha, qimmatbaho metallar bilan ishlovchi qo`shma korxonalarga nisbatan bunday siyosat davomi etayotgani O'zbekiston hukumati mamlakat oltini va boshqa yer osti boyliklaridan o'z tashqi siyosatini kafolatlash uchun qo'llanayotganidan dalolatdir.

XS
SM
MD
LG