AQSh Rossiyaning qochqinlarni qaytarmaslik qarorini olqishladi


Inson huquqlari bo’yicha AQSh Xelsinki komissiyasi Rossiya hukumatining o’zbekistonlik 12 va qirg’izistonlik bir qochqinni hozircha vataniga qaytarmaslikka qaror qilganini olqishlamoqda.

Bu qochqinlarning hammasiga BMT Qochqinlar agentligi tomonidan qochqin maqomi berilgan.

AQSh Xelsinki komissiyasi raislari, respublikachi senator Sem Braunbek va respublikachi kongressmen Kristofer Smit Rossiyani qochqinlarni ektraditsiya qilmaslikka chaqirgan edi.

XS
SM
MD
LG