Ijtimoiy fikr: O'zbekistonliklar prezident Karimov siyosatidan rozi


Mustaqillik kuni oldidan O’zbekistonda o’tkazilgan ommaviy so’rov natijalariga ko’ra, xalq amaldagi siyosatdan rozi. Kuzatuvchilar fikricha esa mamlakatdagi vaziyat so’rovnoma natijalarining aksidir.

O`zbekistondagi Ijtimoiy tadqiqotlar markazi tomonidan amalga oshirilgan so`rov natijalari sal kam 90 foiz o`zbekistonliklar president siyosatini qo`llashayotganligi haqida xabar beradi. Shunday ko`rsatkichga yaqin aholi o`z hayotidan qoniqish bildirgan. 86 foizdan ko`proq aholi hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarni ijobiy baholagan.

Ijtimoiy tadqiqotlar markazining xulosasiga ko`ra ko`pchilik aholi O`zbekiston prezidenti rahbarligidagi ijtimoiy siyosiy islohotlarni qo`llab quvvatlaydi.

Vazirlar Mahkamasi nashri “Pravda vostoka” gazetasida e`lon qilingan bu xulosalar qanday o`tkazilgani va unda kimlar ishtirok etgani haqida aniq ma`lumotlar yoq. Faqat so`rovnoma mustaqillik bayrami munosabati bilan o`tkazilgani takidlanadi.

Mustaqil kuzatuvchilardan biri Baxtiyor Isabek Ijtimoiy tadqiqotlar markazining faoliyatiga shubha bilan qaraydi:

“Hozirgacha Ijtimoiy tadqiqotlar markazi biron marta mamalkatdagi vaziyatni, iqtisodiy vaziyatni aniq aks ettirganini bilmayman. Ko`chada odamlarning 90 foizi hozirgi hukumatdan, tutumdan noroziligini ochiq ayta boshlagan bir paytda, ularning so`rov natijalariga yana ehtiyot bo`lib yondashish kerak. So`rov kimlar bilan o`tkazilgani haqida hech narsa deyilmaydi. Bu hukumatga yaqin odamlar orasida o`tkazilgan bo`lishi mumkin, lekin hech qachon ommaning fikri emas”, - deydi Isabek.

Ijtimoiy tadqiqotlar so`rovnomasi xulosalariga ko`ra O`zbekiston aholisi mamlakatdagi siyosiy-iqtisodiy islohotlardan qoniqadi va 90 foiz aholi o`z hayotidan mamnun.

Biz poytaxt ko`chalaridagi aholi vakillarining O`zkistondagi vaziyatga, iqtisodiy ijtimoiy ahvolga qanday munosabatda ekanliklari bilan qiziqdik:

“Yaxshi, xalq ham chidab kelayapti, shukr qilib, agar noto`g`ri san desangiz, ko`rayapsiz-ku, nima qilishayapti. Ehtimol boshqasi kelsa, o`zgarib qolar, mening fikrim vaziyat qanday bo`lsa shunday turibdi, mustqaillik, yo`l-po`l qurilishlarining xalqqa biron foydasi bo`layotgani yo`q”, - degan fikrlarni bildiradi bir yigit.

Bir ayolga ko`ra O`zbekistonda tinchlik, faqat militsiya va soliqlar ko`p, “ehtimol militsiya va soliqchilarga shunday huquq - xalqni ezish huquqi berib qo`yilgandir”, - deydi bu ayol.

Boshqa bir suhbatdosh uning uchun hukumatni kim boshqarishi baribir ekanligini, faqat yurt tinch bo`lib, qorni to`q bo`lsa, kifoya qilishini aytadi.

Yan bir kishi narx-navolarning tinimziz ravishda oshayotganligini, gaz, elektr tobora qimmatlashib borayoitganligidan, davlat esa o`z ishchilariga maosh to`lamayotganligini, bu sharoitda qanday qilib yashash munkinligini e`tirozlaydi.

Yanq bir kishi yarim hazil ohangda davlatdan mutlaqo rozi ekanligini bildiradi. Ko`pchilik o`z fikrini ochiq aytishni istamaydi. Ayrimlar esa bu kabi savollardan hafsalasi pir ekanligini yashirmaydi.

XS
SM
MD
LG