Ostonada mintaqa rahbarlarining norasmiy uchrashuvi o'tadi


Ikkinchi sentyabr kuni Ostonada Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlarining norasmiy sammiti o`tishi kutilmoqda.

Qozog’iston Tashqi ishlar vazirligi tarqatgan ma’lumotga ko`ra, uchrashuvda mintaqa hamkorligidagi muhim muammolar, jumladan suvdan foydalanish yo’lida xalqaro konsortsium tuzish, gidroenergetika inshootlaridan foydalanish, ularni takomillashtirish yo`llari muhokama qilinadi.

O`zbekistonlik siyosatschilar mintaqa rahbarlarining mazkur uchrashuvidan biror aniq qarorlar kutishmasa-da, anchadan buyon tarqoqlashgan mintaqada bunday uchrashuv tashkil etilishining o`zini ahamiyatli deb baholashmoqda.

Siyosatshunos Farhod Tolipov fikricha, mintaqa manfaatlari tarixan mustaqil yondashuv talab etishini har qanday geosiyosiy kuch rad eta olmaydi. Shu ma`noda, mazkur uchrashuvning tashkil etilishi tarixiy reallikni ko`rsatadi.

Siyosatshunosga ko`ra, uchrashuvda mintaqaning tugal ma’nodagi manfaatlariga oid ayni paytda Rossiya va Xitoy tomonidan ko`rsatilayotgan geosiyosiy ustunlik bois ham biror yondashuv muhokamasi ehtimoldan yiroq.

Kuzatuvchilar nazarida, mavjud geosiyosiy vaziyatga Yaponiya bildirilayotgan qiziqishlar ta’sir o`tkazishi mumkin. Yaponiya matbuotida yozilishicha, Yaponiyaning Markaziy Osiyoga qiziqishi aynan energetik zahiralar bilan bog'liq. Bu manfaatlarni himoyalash ayni paytda mintaqadagi geosiyosiy vaziyatda yetakchilik qilayotgan Rossiya va Xitoy ishtirokida oson kechmasligi ta’kidlanadi.

Markaziy Osiyo davlatlari uchun esa bu o`z energetik zahiralarini dunyoga chiqarish, mintaqa manfaatlarini muvozanatli ravishda himoyalash uchun yangi imkoniyatlar berishi mumkin.

Ayrim siyosatchilar mintaqa davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi tashkil etilishida ham Yaponiya o`rni borligini e`tirof etishadi.

XS
SM
MD
LG