Markaziy Osiyo yadrodan xoli zona bo'lishi mumkin


Rossiya matbuotining Mudofaa vazirigidagi manbalarga tayangan holda tarqatgan xabariga ko'ra, 8 sentyabr kuni Qozog’istonning Semipalatinsk shahrida Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari mintaqada yadro qurolidan xoli zonani yaratish haqidagi shartnomani imzolashlari mumkin.

Ayni damda dunyoning yuzga yaqin davlatni qoplaydigan besh qismida yadro qurolidan xoli zonalar mavjud. Mazkur shartnomaga ko’ra, unga a’zo davlatlar yadro qurolini yaratmaslik va o’z hududlarida ularni joylashtirmaslik majburiyatlarini o’z bo’yniga oladilar.

Bundan tashqari yadro quroliga ega davlatlar ushbu shartnomani yoqlagach, unga a’zo davlatlarga qarshi atom qurolini ishlatmaslikka va’da beradilar.

XS
SM
MD
LG