Qirg'izistonda AQSh havo kuchlari xizmatchisi qidirilmoqda


Qirg’izistonda AQSh harbiy havo kuchlari zobiti, mayor Jill Metzger yo’qolib qolgan. Metzger Bishkek yaqinidagi “Gansi” bazasida xizmat qilardi.

Qirg’iziston Ichki ishlar vazirligiga ko’ra, zobit tirik va sog’ holda topiladi. Uning garovga olingani haqida hech qanday dalil yo’q va hech kim uning hayotiga evaziga hech narsa talab qilmayapti, deya bildiradi vazirlik.

AQSh elchixonasiga ko’ra, Metzger xonim 5 sentyabr kuni kechga yaqin Bishkekdagi markaziy savdo markazi binosida yo’qolib qolgan. Harbiy ayol savdo markazida sheriklaridan orqada qolgan. Metzger xonimning uyali telefonidan o’sha kuni kech qong’iroq qilingani ma’lum.

Ayni paytda “Gansi” aviabazasi harbiylari, AQSh elchixonasi Qirg’iziston Milliy Xavfsizlik Xizmati va Ichki Ishlar Vazirligi bilan hamkorlikda Metzger xonimni qidirmoqda. Amerikaliklar zobitni topishda yordam so’rab, ommaviy axborot vositalariga murojaat qilgan.

"Mayor Metzger yashil sviter va ko'o jinsi shim kiygan bo'lgan",- deyiladi bayonotda. "Mallasoch va ko'k ko'zli xonim. Jismonan a'lo darajada."

XS
SM
MD
LG