Markaziy Osiyo yadrodan xoli zona deb e'lon qilindi


Juma kuni Qozog’iston sharqiy qismidagi Semey (sobiq Semipalatinsk) shahrida Markaziy Osiyoning besh respublikasi mintaqada yadrodan xoli zona tuzish to’g’risidagi shartnomaga qo’l qo’ydi. Unga ko’ra, mintaqa davlatlari o’z hududlarida yadro quroli va komponentlarini ishlab chiqarish, joylashtirish yoki sotib olishga qarshi chiqadilar. Shartnomaning sobiq Semipalatinskda imzolanishi ramziy ma'noga ega, chunki Sovet davrida bu yerdagi yadro poligonida 400 dan ortiq atom quroli sinovdan o'tkazilgan.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi so’zlovchisi Mixail Kaminin va Xitoy bu qarorni olqishladi, biroq uning xalqaro kuchga ega bo'lishi uchun BMT Xavfsizlik Kengashining besh doimiy a'zosi, yadro quroliga ega davlatlar shartnomani yadro qurollarini tarqatmaslik bo'yicha protokol shaklida tasdiqlashi lozim.

XS
SM
MD
LG