Breaking News

Muxolifatchi hofiz Dadaxon Hasanga uch yillik shartli jazo belgilandi


Hofiz va muxolifatchi Dadaxon Hasan Andijon qirg’ini haqida qo’shiq aytgani uchun uch yillik shartli jazoga mahkum etilgan. Sharti shuki, Dadaxon Hasan siyosiy mazmunda ashula aytmaydi, she’r yozmaydi.

Uni sudda himoya qilgan Surat Ikromov jarayonni g’irt tomosha va safsata deb atagan. 66 yoshli hofiz Ichki ishlar vazirligi bosimi ostida o’z uyini va mashinasini hukumat qaramog’iga topshirgan edi.

Surat Ikromovga ko’ra, Dadaxon Hasan bo’sim ostida himoyachilardan ham voz kechgan edi. Jazo shu bois yengillashtirilgan bo’lishi mumkin, deyishmoqda ba’zi kuzatuvchilar.

Birlik partiyasi asoschilaridan biri bo’lmish hofiz o’z qoshiqlarida O’zbekiston prezidenti sh’aniga dog’ tushirganlikda va O’zbekiston konstitutsion tuzumiga tajovuz qilganlikda ayblanayotgan edi.

XS
SM
MD
LG