O'zbekiston Rim Papasining islom haqidagi iqtibosiga e'tiroz bildirdi


Jaon katoliklari rahbari, Rim papaasi Benedikt XVI, musulmon ahlidan Muhammad payg'ambar saboqlari haqida iqtibos keltirgani uchun kechirim so'ramoqda.

Barcha musulmon mamlakatlar singari O’zbekiston xalqi ham, Rim papasining Muhammad payg’ambar saboqlari haqidagi bayonoti va unga nisbatan munosabatlar, jahonda dinlar-aro qarama-qarshilikka olib borishi mumkinligidan xavotirda.

O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Rim papasining islom dini va Muhammad payg`ambarga oid bildirgan fikrlariga e`tiroz bildirgan.

O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligining bayonotida O`zbekiston jamoatchiligi Rim papasi Benekdit XV1 tomonidan joriy yilning 12 sentayabrida Germaniyaning Regensburg shahridagi universitetda islom dini va Muhammad payg`ambarga nisbatan fikrlarini norozilik bilan qabul qilgani bildiriladi.

Bunday chuqur o'ylanmagan va mas'uliyatsiz bayonot nafaqat Sharq va G'arb o'rtasidagi o'zaro tushunishga zarar yetkazishi, balki butun dunyoda dinlararo qarama-qarshilik hamda ekstremistik chiqishlarning kengayib ketishi holatlarini vujudga keltirishi mumkin, deyiladi bayonotda.

Bayonotda O'zbekiston jamoatchiligi Rim papasining vaziyatga oydinlik kiritishi va bundan keyin ana shunday holatlar yuz bermasligi uchun barcha zarur choralarni ko'rishiga umid bildirishini ta`kidalab o`tiladi.

Rim papasining Germaniyada islom dinining rivojlanishga xizmat qilmagani, zo`rovonlikka asoslanib tarqatilgani haqida ko`plab musulmon davalatlarining noroziligiga sabab bo`lgan iqtibosidan so`ng, papaning bu fikrlar musulmonlar tomonidan no`to`gri tushunilgani haqidagi taassuflari ham bildirib o`tilgan edi.

O`zbekiston Musulmonlar idorasi raisi muovini Abdurazzoq Yunusov fikricha Rim papasining iqtibos keltirgan fikrlari islomga nisbatan bildirilgan bo`htonlardan iborat.

“Payg`ambarimiz davrlarida ham shunday tosh otishlar bo`lgan, haqiqiy musulmon tilida ham, dilida ham biron kishi ozor etkazmaydigan kishi. U kishini gapi nojo`ya aytilgan, musulmonlar va nasroniylarni tahlikaga solib qoyishi mumkin. Haqiqat baribir ertami kech qaror topadi. Mana bu kishining uzr so`raganligi dunyodagi bu boradagi vaziyatni yumshatishga olib keladi”, - deydi Abdurazzoq Yunusov.

Musulmon dunyosida Rim papasi tomonidan bildirilgan taassuflarning uzr sifatida qabul qilinmasligi haqida fikrlar bor. Abdurazzoq Yunusovga ko`ra, Papa tomonidan bildirilgan taasuflarni har bir musulmon o`z pozitsiyasidan yondoshib qabul qilishi kerak.

Shayx Muhammad Yusufning matbuotda bergan intervyusiga ko`ra, Rim papasi dinlar o`rtasida ixtilofni kuchaytiruvchi bu bayonoti uchun tassufdaligini bildirishdan ko`ra rasman uzr so`rashi kerak.

Ayrim kuzatuvchilar Rim papasining bayonotni aynan ehtiyotsizlik oqibatida qilganiga shubha bilan qarashlarini ham bildirishadi.

Olim Baxtiyor Isabek nazarida Rim papasining bayonoti qo`pol xatolik. “Nasroniylikning buyuk arbobi deb hisoblanayotgan odamning bunday deyishi katta mas'uliyatsizlik. Ayniqsa, hozirgi terrorizm islom bilan bog'lanayotgan bir paytda islom dini qilich bilan tarqatilgani haqida gapirishi terrorizmni islom mohiyatiga bo`glashga olib keladi. Tarixan olib qaraganda faqat islom emas, balki nasroniylik ham kuch bilan tarqatilgan. Bu jihatdan ham u xatolikka yo`l qo`ygan”, - deydi Isabek.

Kuzatuvchilar O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligining odatda bunday vaziyatlarda hamisha bosiqlik bilan javob berishini e`tirof etadilar. Ekspert Toshpo`lat Yo`ldoshevga ko`ra, bayonot ko`proq siyosiy jihatdan, hozirda G`arbga qarshi yuritilayotgan targ`ibotlar yo`lida foydalanish uchun qabul qilingan.

XS
SM
MD
LG