Iroda To'laganova Hindistonda finalga chiqa olmadi


Shanba kuni Hindistonning Kalkutta shahrida o’zbekistonlik taniqli tennischi Iroda To’laganova navbatdagi VTA turnirining (Sunfeast Open 2006) yarim-finalida ishtirok etdi.

Bu yilgi Osiyo chempionati g’olibi, olingan jarohatlari tufayli ancha vaqtdan buyon musobaqalarda qatnasha olmagan Iroda To’laganova bugun rossiyalik Olga Puchkovaga qarshi o’ynab, 6-4, 6-4 hisobida mag’lub bo’ldi.

G’olib chiqqan taqdirda Iroda jahonning sobiq birinchi raketkasi Martina Xingisga qarshi maydonga tushgan bo’lardi.

XS
SM
MD
LG