O'zbekiston tashqi siyosati Sharq tomon o'zgarmoqda


Janubiy Koreya Bosh vaziri Xan Meng Suk xonimning O`zbekistonga tashrifini rasmiy matbuot strategik sheriklik namunasi deya baholamoqda. Kuzatuvchilarga ko`ra esa, rasmiy Toshkent tashqi siyosatni muvozanatlash harakatida.

Janubiy Koreya bosh vazirining O`zbekistonga tashrifi mobaynida ikki tomonlama hamkorlikni ifodalovchi 10 ga yaqin hujjat imzolangan. Jumladan uran qazilmalari, ijtomoiy muhofaza, banklar hamkorligi, me’morchilik va boshqa sohalarni ifodalovchi qo`shma bitimlar hamda memorandumlar. Xan Meng Suk xonim O`zbekiston prezidenti, bosh vazir, Oliy majlis raisi kabi rasmiylar bilan muzokoralar o`tkazgan.

Rasmiy uchrashuvlarda O`zbekiston Koreyani Osiyodagi asosiy savdo hamkori sifatida ko`rayotgani, hamkorlik strategik sheriklikka mos ravishda borayotgani e`tirof qilingan. Savdo-investitsiya aloqalarining yanada rivojlanishiga umid bog`langan.

Kuzatuvchilarga ko`ra, O`zbekiston hukumati G`arb tomonidan Andijon fojialarida keskin kuch ishlatishda ayblanganidan so`ng, hukumatning tashqi siyosatdagi imkoniyatlari cheklanagan. Ko`pgina xalqaro moliyaviy tashkilotlar O`zbekistonda ishlashni to`xtatgan, sarmoyalar esa faqat Rossiya va Xitoy tomonidan belgilanmoqda.

Siyosatshunoslarga ko`ra, O`zbekiston hukumati boy bergan tashqi imkoniyatlarini Osiyoning rivojlangan davalatlari bilan bo`lgan hamkorlik evaziga qaytadan qo'lgan kiritmoqchi. Bundan avval Yaponiyaning va hozirda Janubiy Koreya bosh vazirining O`zbekistonga tashrifi ham, shu yo`nalishdagi harakatlarni ifodalashi aytilmoqda.

Kuzatuvchi Iskandar Xudoyberganovga ko`ra, strategik manfaatlarni ifodalash O`zbekistondan qat`iy o`zgarishlarni talab qiladi:

“Koreya va Yaponiya bilan bo`layotgan aloqalar shunchaki diplomatik aloqlarni ushlab turish uchun. O`zbekiston strategik aloqalarni o`rnatmoqchi ekan, dunyoda strategik manfaatlarni ta’minlovchi davlarlar Rossiya, Xitoy, AQSh, Yevropa davalatlari bilan teng aloqalarni yuritishi lozim. Qolaversa, Janubiy Koreya ham, Yaponiya ham strategik jihatdan G`arb bilan bog`liq. Hozirgi aloqlar faqat bordi-keldilarni ifodalashi mumkin xolos, hukumat buni xalqqa mana hammasi yaxshi deb ko`rsatmoqchi ”, -deydi Xudoyberganov.

Kuzatuvchilarga ko`ra, Janubiy Koreya rasmiysi tashrifi mobaynida imzolangan hujjatlarga strategik ma`no berayotgan O’zbekiston hukumati, tashqi siyosatdagi aloqalari mo`tadillashayotganini ko`rsatish harakatida, aslida esa bu aloqalarning yaqin o`rtada o`zgarishi mumkinligi kuzatilmayapti.

XS
SM
MD
LG