Breaking News

Diabetga qarshi yangi vosita ishlab chiqildi


Qand kasaliga duchor bo’lgan bemorlar insulin moddasini qabul qilishi uchun endi igna ishlatishning hojati yo’q. Yangicha vosita poroshok shaklida bo’lib, Egzubera deb ataladi.

Yangi modda haqida Angliyaning Nyukasl Universitetida qand kasalligini o’rganuvchi professor Fillip Xom shunday deydi:

“Bu maxsus tugmachali idishga solingan poroshok. Tugmani bosib, nafas orqali ichingizga kiritasiz. Poroshok zarralari nafas bilan o’pkangizni tubiga borib yopishadi va o’z kuchini ko’rsatadi. Dori yaxshiroq singishi uchun 2-3 sekund davomida nafasingizni ushlab qoling.”

Undan foydalanish qanchalik qulay degan savolga professor Xom shunday javob beradi:

“Idishni o’zingizga qulay qilib moslab olishingiz uchun 10 soniya vaqt ketadi. Buni o’rganish uncha qiyin emas.”

Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, Egzubera poroshogi, suyuq insulindan hech ham farq qilmaydi. Bir xil dorining ikki xil ko’rinishi, deydi professor Xom, xuddi aerozol’ kabi ishlaydi. Biroq hali jahon bozoriga chiqmagan.

“Insulin moddasi havoga aralashganidan so’ng uni nafas orqali olasiz. Moslamani o’gzingizni yaqinroq tutib, chuqur nafas olsangiz bas, deydi mutaxassis. Yangi moslama arzon emas. Ayni damda mazkur dorini diabet bilan kasallangan barcha bemorlar uchun muntazir qilish katta muammodir”, -deydi professor Xom.

Professor Xom ishlab chiqaruvchilar orasidagi raqobatga ishora qilib, mazkur dorining narxi tushishiga umid qilmoqda. Tezroq ishlab chiqarilsa, diabet bilan kasallangan bemorlar dardiga darmon bo’lib ularni ortiqcha og’riq va qiynoqdan qutqargan bo’lar edik, deydi mutaxassis.

XS
SM
MD
LG