BMT O'zbekiston bilan ishlashni eplay olmaganlikda ayblanmoqda


Inson huquqlari bo’yicha Human Rights Watch tashkiloti nazarida BMT O’zbekiston bilan ishlashni eplay olmayapti. Bu mamlakatda huquq ahvolini tuzatish borasida BMT katta imkoniyatlarni boy berib kelmoqda, deyiladi Nyu-Yorkda asoslangan tashkilot bayonotida.

BMT Inson Huquqlari Kengashi O’zbekistondagi vaziyatni oshkora tarzda emas, yopiq eshiklar ortida muhokama qilmoqda, bu esa huquqni keng miqyosda poymol etuvchi hukumatga xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlik qilmasang ham bo’laveradi, degani emasmi, deydi inson huquqlari tashkiloti.

Human Rights Watchga ko’ra, 2005 yilning may oyida Andijonda sodir bo’lgan qonli voqealarda hukumat kuchlari yuzlab odamni o’ldirgan. O’zbekiston hukumatiga ko’ra, Andijonda 187 kishi halok bo’lgan.

XS
SM
MD
LG