Breaking News

Taniqli sportchi Oksana Chusovitina Germaniya termasi tarkibiga o'tdi


Sport gimnastikasi bo’yicha ikki karra jahon chempioni, Olimpiya o’yinlarida to’rt marotaba ishtirok etgan 31 yoshli o’zbekistonlik sportchi Oksana Chusovitina endilikda Germaniya sharafini himoya qiladigan bo’ldi.

Shu yili Germaniya fuqaroligini qabul qilgan Chusovitina shu haftada bundan keyingi musobaqalarda shu mamlakat termasi tarkibida ishtirok etish uchun Xalqaro gimnastika federatsiyasi ruxsatini oldi va ertaga Daniyada boshlanayotgan jahon chempionatida Germaniya formasida chiqadi.

Gap shundaki, Chusovitina Germaniyada 2002 yildan beri yashaydi. Bundan tashqari oqqon kasalligiga duchor bo’lgan o’g’li shu yerda muolaja oladi. Chusovitina 1991 va 2003 yillarda jahon chempioni bo’lgan.

XS
SM
MD
LG