AQSh nazarida O’zbekistonga sarmoya kiritish ancha qiyinlashgan


AQSh Markaziy Osyo mamlakatlarida siyosiy va iqtisodiy taraqqiyotga ko’maklashishga ahd qilgan.

Markaziy Osiyo masalalari bo’yicha bosh diplomati muovini janob Evan Feygenbaum, AQShning maqsadi mustaqil, barqaror va demokratik davlatlar rivojiga yordam berish, ularni jahon iqtisodiyotining bir qismiga aylantirish, mintiqaviy xavfsizlik va barqarorlik yo’lida, ularning AQSh va ittifoqdoshlar bilan hamkorligini oshirishdan iborat, deydi.

Lekin Markaziy Osyodagi davlatlarning hammasi ham kengroq imkoniyat va boylik sari siyosat yuritayotgani yo’q. Bunga O’zbekiston eng yaxshi misol. Mintaqada eng sernufuz, tabiiy boyliklarga ega O’zbekiston aslida mintiqada rahbar davlat bo’lishi kerak edi.

Ammo hukumat kuchlari 2005 yil may oyida Andijonda, ba’zi manbalarga ko’ra, yuzlab fuqaroni nishonga oldi. Mamlakatda inson huquqlari ahvoli og’irlashib, O’zbekiston xalqaro jamoatchilikdan ajralib qoldi. Siyosiy islohotlar qilinmayotgan bir paytda savdo-tijorat va sarmoya kiritish yo’li ham to’sildi. Iqtisodiy o’sish bo’lmasa, qonun ustuvorligi mustahkamlanmaydi.

Uzoq muddatda, deydi janob Feyganbaum, biror bir sarmoyador qonun ustuvorligi mavjud bo’lmagan, shartnomalarga rioya qilinmaydigan va tijoriy qonunlari noaniq mamlakatga kapital kiritmaydi. Qonun ustuvorligi, deydi AQSh rasmiysi, O’zbekiston iqtisodiyotini mustahkamlash uchun o’ta zarur omil.

Amerikalik tadbirkorlar O’zbekistonda import bo’yicha baland tariflar, lisenziya olishdagi qiyinchiliklar va birdek qo’llanilmagan qonunlar bilan yuzlashmoqda. Bundan, albatta, xalq manfaatdor emas. Bunday sharoit amerikalik va boshqa xorijiy sarmoyadorlarni bezovta qiladi. Misol uchun, 2005 yilda AQShning O’zbekistonga eksporti o’tgan yilga nisbatan qariyb 68 foizga kamaygan.

O’zbekiston hukumati o’z savdo cheklovlari bilan xalqining tobora kengayib borayotgan jahon iqtisodiyotidan bahramand bo’lishiga monelik qilmoqda. AQSh, deydi diplomat Feyganbaum, O’zbekiston hozirgi siyosatidan qaytib, islohotlar va hamkorlikka asoslangan strategik yo’lni tanlaydi degan umidda.

XS
SM
MD
LG