Breaking News

Akkreditatsiya O'zbekistonda jurnalistlarni nazorat qilish usulidir


Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti chiqargan maxsus hisobotga ko’ra, ayrim davlatlarda jurnalistlarni akkreditatsiyalash tushunchasi noto’g’ri talqin qilinadi, jumladan O’zbekistonda ham.

Tashkilotning bildirishicha, akkreditatsiya bu jurnalistning rasmiy tadbirlarda ishtirok etishi, rasmiy tashriflarni yoritishi va favqulodda holatlarda cheklangan hududlarga kirishini ta’minlovchi hujjatdir.

Biroq O’zbekiston va ba’zi boshqa davlatlarda hukumat akkreditatsiyani ishlash huquqiga tenglashtirgan va natijada akkreditatsiyasi yo’q jurnalist o’z faoliyatini umuman olib bora olmaydi.

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti bu borada joriy yilning 24 fevralida O'zbekistonda chiqqan qarorni tanqid ostiga oladi. Unda Tashqi ishlar vazirligiga mahalliy va chet-el jurnalistlariga ogohlantirish berish, akkreditatsiyalarini bekor qilish, vizalaridan ayirish yoki chet-el jurnalistini umuman mamlakatdan chiqairb yuborish huquqi berilgan.

Tashkilotga ko’ra, hukumatlar bu bilan mamlakatda faoliyat yuritayotgan jurnalistlar faoliyatini nazorat qilmoqchi.

XS
SM
MD
LG