Boymirza Hayitni safdoshlaridan biri eslaydi


Ikkinchi jahon urushidan beri Germaniyada yashagan tarixchi Boymirza Hayit 31 oktyabr kuni Kyolnda 89 yoshida vafot etdi. Boymirza Hayit bilan yarim asrdan oshiq vaqt davomida tanish bo’lgan, AQShga 50-yillar boshida kelgan safdoshi Ro’zi Nazar "Amerika Ovozi"ga marhum tarixchi haqida so'zlab berdi.

Boymirza Hayit bilan 1939 yildan buyon tanish Ro’zi Nazar og’ir kasallikka duchor bo’lgan marhum bilan so’nggi marotaba 5 yil ilgari aloqa qilgan. Ikkinchi jahon urushida ular vermaxtning Turkiston legioni tarkibida birga xizmat qilganlar.

Ro’zi Nazarning aytishicha, 1939 yil O’zbekistonni tark etgan Boymirza Hayit vataniga 53 yildan so’ng qaytadi, biroq uzoq turmay yangi vatani Germaniyaga qaytib ketishga majbur bo’ladi va O’zbekiston tuprog’iga boshqa qadam qo’ymaydi.

Boymirza Hayitning dafn marosimi 7 noyabr kuni Kyolnda bo’lib o’tadi.

XS
SM
MD
LG