Demokratlar Kongressda hukmronlikni qo'lga kiritdi


Demokratlar partiyasi endi AQSh Vakillar Palatasi va Senatiga hukmronlik qila boshlaydi.

Shu tariqa 1994 yildan beri birinchi marta respublikachilar quyi palatada ozchilikka aylanadi.

G’alaba demokratlarga AQSh siyosatini o’zgartirish, ayniqda, Iroq masalasida prezident Bushga maslahat-tavsiya berish vakolatini beradi.

Demokratlar Vakillar palatasidagi mavjud o’rinlarni saqlab qolgan holda yana 15 o’rinni qo’lga kiritgan.

Ijtimoiy so’rov natijalariga ko’ra, prezident Bush siyosatiga qarshi kayfiyat, Iroqdagi vaziyat va Kongressdagi korruptsiya demokratlarning g’alaba qozonishiga imkon bergan.

Shu paytga qadar Kongress quyi palatasida respublikachilar ko’pchilik o’ringa ega edi.

Vakillar palatasi spikeri lavozomini kaliforniyalik qonunchi Nensi Pelosi xonim egallaydi.

Pelosi demokratlar iqtisodiyotni isloh qilishini ma’lum qilib, Iroq masalasida prezident Bushni demokratlar bilan hamkorlikka chaqirmoqda.

“Janob prezident, biz Iroq muammosini hal qilishning yangi usullariga ehtiyoj sezayapmiz”,- deydi Pelosi xonim.

Har ikki yilda esa Kongressning Vakillar Palatasi hamda Senatda qonun chiqaruvchilarning uchdan bir qismi yangilanadi. Vakillar Palatasida xizmat qilish muddati ikki yil, Senatda esa olti yil.

Uzoq tanaffusdan so’ng demokratlar Kongressning bir palatasini qo’lga kiritgan bo'lsa-da, AQSh siyosati ancha o’zgaradi.

“Birinchi navbatda eng kam maoshni oshiramiz”,- deydi demokrat Xovard Din. “Siyosiy etika bo’yicha qonun qabul qilib, respublikachilar siyosiy sahnaga olib kelgan korrupsiyaga bolta uramiz. Soliq tizimini esa o’rta-miyona aholiga adolatli qilib belgilaymiz”, - deydi ikki yil oldin prezidentlikka intilgan, biroq boy bergan demokrat Xovard Din.

Senatda respublikachilar sardori Bill Frist, hokimiyatda demokratlar bo'lsa, federal soliqlar 58 foizgacha o’sadi, deydi.

Amerikaliklarning katta qismi Iroqdagi ahvoldan norozi. O’tgan oy AQSh Iroqda 100 dan ortiq askaridan ayrilgan. Kongressda bir necha respublikachining korrupsiyada ayblanyotgani xalq hafsalasini pir qilgan. “Ammo”,- vitse-prezident Dik Cheyni, “saylovlar Iroqdagi siyosatimizga ta’sir ko’rsatmaydi”.

Xalqning 31 foizi prezident Bushga qarshilik nishonasi sifatida saylovda qatnashganini bildirgan. Saylov Bush ma’muriyati ustidan referendum bo'ldi deyilmoqda.

XS
SM
MD
LG