O'zbekiston chegarachisi Tojikiston harbiylari tomonidan otib o'ldirildi


Surxondaryo viloyati chegarasida, O’zbekiston chegarachisi Tojikiston chegarachilari tamonidan otib o’ldirilgan.

O`zbekiston Milliy xavfsilzlik xizmati tarqatgan ma’lumotiga ko’ra, o’zbekistonlik chegarachi Asadillo Elmurodov chegara hududini nazorat qilish paytida Tojikiston chegarachisi tomonidan o’tilgan o’qdan halok bo’lgan.

Tojikiston hukumatining bu borada bildirayotgan bayonotiga ko’ra, O’zbekiston chegarachisi ogohlantirish sifatida otilgan o`qdan tasodif tufayli halok bo’lgan.

Rasmiy Dushanbe o`zbekistonlik chegarachilar chegara hududi nazoratini kelishilgan tartibda amalga oshirmagan, deya bildirmoqda.

Ayni damda sodir bo’lgan hodisa Tojikiston va O`zbekiston chegara xizmatlari tomonidan o`rganilmoqda.

Toshkent va Dushanbe o’rtasidsagi ziddiyalar faqat chegaradagi to’qnashuvlar bilan cheklanib qolmayapti.

Bundan avval Tojikistonda O`zbekiston hisobiga ayg’oqchilik qilgan bir guruh fuqarolar uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilingan bo`lsa, yaqinda O`zbekiston harbiy sudi ham xuddi shun tartibdagi jinoiy ish ustidan hukm chiqargan.

Bu hukmga ko’ra, O`zbekiston va Tojikiston fuqarolari bo`lgan besh nafar kishi ayg’oqchilikda ayblanib, 15dan 20 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilingan.

O’zbekiston harbiy sudining aybnomasiga ko`ra, ayg`oqchilikda ayblanayotgan shaxslar O`zbekistondagi harbiy ob`ektlar va diniy-ekstremistik tashkilotlar faoiliyati bilan qiziqishgan.

Rasmiy Toshkent xulosalariga ko’ra, tojik muxolifati va ayrim o’zbekistonlik jangarilar Tojikistonda tayyorgarlik ko’rib, O`zbekistonda qo’poruvchilik harakatlarini yurgazgan. Bunda nafaqat tojik muxolifati balki Tojikiston maxsus xizmat vakillarining ham qo’li bor deya gumon qilinmoqda.

Mahalliy kuzatuvchilar ikki hukumat o`rtasidagi ayg`oqchilikning rivojlanishini turlicha tahlil qilmoqda.

Ekspertlardan biri Toshpo’lat Yo’ldoshevga ko’ra, rasmiy Toshkent tomonidan ayg’oqchilik holatlarini oshkor etilishi boshqa maqsadlarga yo’naltirilgan, jumladan Yevrosiyo Iqtisodiy Hamjamiyati doirasidagi majburiyatlarni bajarmaslik bilan bo`gliq.

“Shuning uchun ham ular yonidan boshqa bir muammo chiqarishayapti, chunki hujjatlarni 74 tasidan 67 tasiga imzo chekamiz deyishayapti, bu eng muhimlari bo’lishi mumkin. Aslida maqsad imzolangan hujjatlarni bajarmaslik, cheragni ochmaslik va o’zasro fuqarolar bordi-keldisiga to’sqinlik qilisdir”, -deydi Toshpo’lat Yo’ldoshev.

Ekspertga ko`ra, Tojikistonda o`zbek ayg`oqchilarini ushlanishi va hukm qilinishi ham hukumatlarning kelisha olmayotganligidan darak beradi.

Tojikiston tashqi dunyo bilan bo’glanishda O`zbekiston orqali o`tadigan yo`lga o`ta muhtoj. Yevrosiyo Iqtisodiy Hamjamiyatida O`zbekiston tomonidan olingan majburiyatlar bu muhtojlikka barham berishi mumkin edi.

Tojikiston prezidenti O`zbekiston rahbarini o’z majburiyatlarini bajarmaslikda ayblagan ham edi.

Ta’kidlanishicha yangi ayg’oqchilik ishidan keyin bu shartnomalarning bajarilishi yanada orqaga surilishi mumkin.

Ayrim kuzatuvchilarga ko’ra, O`zbekiston hukumati yaqin qoshnilar bilan bo’gliq har qanday qarama-qarshiliklardan ekstremistik tahdid yaratish uchun foydalanmoqda. Ayg’oqchilar bilan bog’liq mojarolar ham shular jumlasidan ko’riladi.

Kuzatuvchilar ta’kidlayotgan asosiy fikr bu ikki hukumatlarning muloqotga layoqatsizliklari oqibatida oddiy fuqarolar aziyat chekmoqda.

XS
SM
MD
LG