Qamoqdagi jurnalistlarning yaqinlari amnistiyaga umid qilmoqda


Dekabr oyining boshida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun nishonlanadi. Shu munosabat bilan mamlakatda amnistiya e’lon qilinishi kutilmoqda. O`zbekistonda qamoq jazosini o’tayotgan jurnalist va huquq himoyachilari amnistiya qilinganlar ro’yxatiga kiritiladimi?

Mustaqil jurnalist va huquq himoyachisi Mo`tabar Tojiboyeva sakkiz yillik qamoq jazosiga mahkum qilingan edi. Ayni payda u jazoni Toshkent shahridagi ayollar qamoqxonasida o’tamoqda.

Toshkent viloyat sudi Tojiboyeva ishi yuzasidan bildirilgan shikoyatni ko`rib chiqib, O`zbekiston prezidentini haqoratlash va firibgarlik haqidagi avvalgi hukmni kuchda qoldirgan edi.

Huquq himoyachisi yaqinlarining aytishicha, hozir Tojiboyevaning sog`lig`i yo’monlashgan. Uning opasi va advokati Mukarram Tojiboyeva fikriga ko`ra, qamoqxona rahbariyati Mo`tabar Tojiboyevaga nisbatan jazo choralarini kuchaytirgan:

“Hozir u reanimatsiyada yotib chiqqan, undan kein jarima izolyatiriga joylashtirilgan. Avval kunlik jazo muddatini o`tgan, u yerdan chiqqach yana bir bahona bilan qayta jarima izolyatoriga joylashtirishgan.

O`zi bilan uchrashish imkoniyati bo`lmadi. Mening arizalarimni olishmayapti. Oliy sud raisining qabuliga boraman, yana natija bo`lmasa, muassasa ustidan sudga murojjat qilishga majbur bo`lamaiz”, - deydi Mukarram Tojiboyeva.

Mukarram Tojiboyevaning aytishicha, huquq himoyachisini qiynoqqa solish, qo`shimcha jazo chorasi qollashdan maqsad Konstitusiya kuni munosabati bilan dekabr oyida e’lon qilinishi kutilayotgan aministiyaning Tojiboyevaga nisbatan qo`llamaslikdir:

“Agar ichki intizomni buzganligi haqidagi muassasa qarori bo`lsa, unga aministiya qo`llanmaydi. Ular amnistiya tufayli Mo`tabarning chiqib ketishidan qo`rqishayapti. Shuning uchun qayta-qayta jarima izolyatoriga jo`natishayapti.

U yerda yarim paxtasi yo’q to`shakni kechasi o`nda berib, azondan tortib olib qo`yisharkan, boshqa payt betonda yotishga to`g`ri kelsa kerak-da. Shunday qilib Mo`tabarning so`glig`ini tugatishayapti, shuning uchun jonlantirish bo`limida yotib chiqqan”, - deydi huquq himoyachisining opasi.

Yaqinda 6 yil qamoq jazosiga hukm qilingan mustaqil jurmnalist Ulug`bek Haydarov ozod etildi.

Kuzatuvchilar jurnalistning ozod etilishini Yevropa Ittifoqi-O`zbekiston muzokaralari bilan izohlab, rasmiy Toshkent qamoqqa olingan jurnalist va huquq himoyachilarini ozod etishdan siyosiy maqsadlarda foydalanyotganini ta’kidlashadi.

Kuizatuvchilar ta’kidlashicha, siyosiy garov sifatida foydalanish mumkin bo`lgan mahbus jurnalist va huquq himoyachilari bir necha o’n kishini tashkil etadi.

Yevropa Ittifoqi bilan muzokaralar arafasida jurnalist Ulug`bek Haydarov ozod qilingan bo`lsa, boshqa bir keksa yoshli jurnalist va huquq himoyachisi Yodgor Turlibekov ustidan chiqarilgan 3,5 yillik jazo muddati o`z kuchida qoldirildi.

70 yoshli jurnalist O`zbekiston prezidentini haqorat qilish va tovlamachilikda ayblangan edi. O`tkazilgan tergov jarayonida unga qo`yilgan ayblar isbotlanmagan, shu bois uning sudi yopiq tarzda o`tkazilgan.

Turlibekov qamoqqa olingandan buyon u bilan uchrashish imkoniyati bo`lmagani bois jurnalistning taqdiri tashvish uyg`otib kelayotgan edi.

Muxolifatdagi “Birlik” partiyasi vakili, jurnalist Abdurahman Tashanovga ko`ra, yaqinda Turlibekov bilan qarindoshlari va ishonchli vakili uchrashgan. Ular Turlibekovga nisbatan amnistiya qo`llanilishi mumkin degan umidda:

“Apellyatsiya jarayoni Turlibekov ishida biron dalilar yo’qligi tufayli ham yopiq tarzda o`tkazilgan. Amnistiya bo`yicha Turlibekov ozod qilinishi mumkin, lekin u kishining o`zi menga muruvvat emas, adolat kerak degan qat`iy bir talabda turgan ekan.

Qamoqdan chiqarish niyati bo`lmasa, unga nisbatan qamoqxonada biron narsa uyushtirish yoki amnistiyadan olib qolish holati mavjud. Lekin hozir u kishining ishonchli vakili va qarindoshlari ham birinchi navbatda Yodgor akaning yoshi va sog`lig`i inobatga olinishidan umid qilib turushibdi”, - deydi Tashanov.

Kuzatuvchilar ta’kidlashicha, O`zbekiston qamoqxonalarida huquq himoyachilari va jurnalistlardan tashqari siyosiy tuzum qurboniga aylangan muxolifat vakillari va dindorlar bir necha mingdan ko’p.

XS
SM
MD
LG