Breaking News

Afg'onistonda yangi biznes imkoniyatlar vujudga kelmoqda


Afg’oniston oyoqqa turishi uchun, avvalo, iqtisodiyotini tiklab olishi olishi darkor. Muxataxassislar nazarida, buning uchun o’zaro manfaatli savdoni yo’lga qo’yib, yangi imkoniyatlar yaratish lozim.

AQSh poytaxti Vashingtonda Afg’oniston va Amerika tadbirkorlari uchrashib, savdo imkoniyatlari va biznes aloqalarini rivojlantirish bo’yicha fikr almashdi.

Maqsad, deydi Afg'oniston Tijorat vaziri Muhammad Amin Farxang, Afg’onistonga chetdan sarmoya jalb qilish.

"Afg’oniston hukumatining iqtisodiy siyosatini tushuntirib bermoqchimiz, xususan savdo, taraqqiyot loyihalari, xususiy sektorga sarmoya kiritish bo’yicha. Bo’lajak sarmoyadorlarning Afg’onistondagi vaziyat haqidagi fikrlarini o’zgartirmoqchimiz", - deydi Farxang.

Afg’onistondagi biznes imkoniyatlarini targ’ib qilishga qaratilgan konferensiya AQSh va Kanada bo’ylab ikkinchi marta o’tkazilmoqda.

Qatnashchilar qishloq xo’jaligida hamkorlikni yo’lga qo’yish uchun Ayova shtatiga, telekommunikatsiya va axborot texnologiyasi anjumaniga Los-Anjelesga hamda moliya va sug’urta sektoriga nazar tashlash uchun Nyu-Yorkka safar qiladi.

Afg’oniston Tijorat Palatasi raisi Azaraxsh Hafiziga ko'ra, maqsad – Afg’oniston iqtisodiyotini rivvojlantirish, sarmoya jalb qilish.

"Taraqqiyot uchun chet-el sarmoyasi zaru", - deydi rasmiy.

Afg’onistonga qiziqish ortib bormoqda. Ayni paytda Ford Motor kompaniyasi mamlakatda avtobillarini sotish uchun hamkor qidiryapti. Boing kompaniyasi esa Afg’oniston milliy aviakompaniyasi bilan hamkorlik qilyapti.

Yil boshida AQShning Koka-Kola kompaniyasi Kobul yaqinida 25 million dollarli zavod ochdi. 2001 yilda Tolibon hokimiyati ag’darilganidan beri qurilgan ilk yirik zavodda 350 kishi ish bilan ta’minlanadi.

"Afg’oniston xususiy sektorini rivojlantirish uchun uzoq muddatli reja ishlab chiqmoqchimiz", - deydi Afg'oniston Tijorat vaziri.

Afg’on rasmiylarining fikriga ko’ra, savdo imkoniyatlarini targ’ib qilish mamlakat barqarorligi va taraqqiyoti uchun o’ta muhim.

XS
SM
MD
LG