O’zbekistonda SPID bilan kasallanganlar ikki baravar ko’paydi

  • Amerika Ovozi

Bu yil Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropada orttirilgan immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanganlar soni o’tgan yilga nisbatan oshgan. Xususan, 2006 yilda virus taxminan yana 270 ming kishiga yuqib, bemorlar soni 1.7 millionga yetdi.

Yevropa va BMT mutaxassislari ma’lumotiga ko’ra, mazkur mintaqada SPIDga duchor bo’lgan yoshlarning ko’pi ikki mamlakat – Rossiya va Ukrainada yashaydi. Bemorlarning 90 foizi ana shu davlatlar hissasiga to’g’ri keladi.

2001 yildan beri Gruziya, Moldova va O’zbekistonda orttirilgan immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanganlar soni ikki karra ko’paydi.

Markaziy Osiyoda bu borada O’zbekiston yetakchilik qiladi. 2005 yilda mamlakatda bu dardga yo’liqqanlar taxminan 31 ming kishini tashkil etgan, deyiladi BMTning SPIDga qarshi kurash bo’limi hisobotida. Edimepiya asosan poytaxt Toshkent va uning tevaragida keng tarqalgan.

Kasallik yoyilishining bosh omillaridan biri giyohvandlikdir. 2001 yilda O’zbekistonda har million kishining 447 nafari giyohvand bo’lgan, 2005 yilda bu ko’rsatkich 1140 kishini tashkil etdi.

Qozog’istonda giyohvandlar orasida SPID tarqalishining oldini olish uchun faolroq chora ko’rish zarurati mavjud. Mamlakatda giyohvandlar soni 100 mingdan oshganligi taxmin qilinmoqda.

Qirg’iziston va Tojilistonda SPID epidemiyasi nisbatan past. Kasallik asosan giyohvandlar orasida inyektsiya yo’li bilan tarqaladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG