Qirg'izistonda deputatlar qurol olib yurmoqchi


Qirg’iziston qonun chiqaruvchilari o’z himoyalari uchun qurol olib yurish huquqini beruvchi qonunga veto qo’ygan prezident qarorini bekor qildilar. Yangi qonun fuqarolarning qurol saqlash haqidagi qonunidan farq qiladi. Unga ko’ra, deputatlar qurol olib yurish uchun ruxsatni parlament spikeridan olishlari kerak bo’ladi.

Qirg’iziston prezidenti Qurmanbek Bakiyev qonun loyihasini inkor etgan edi. Uning aytishicha, deputatlar barcha fuqarolar kabi qurol olib yurish uchun ruxsatni Ichki ishlar vazirligidan olishlari kerak. Biroq Qirg'iziston Konstitutsiyasiga ko'ra, Parlament prezident vetosini inobatga olmasligi mumkin.

Qonun loyihasi mamlakatdagi siyosiy beqarorlik qurboni bo’lgan uch nafar deputat qotilligidan so’ng ishlab chiqilgan edi. Yangi qonunga binoan, deputatlar muddati tugaganidan so’ng ham qurol saqlash huquqidan mahrum bo’lmaydi.

XS
SM
MD
LG