Yevropa Ittifoqi vakillari huquq faollari bilan uchrashmadi


O'zbekistonga inson huquqlari ahvolini o'rganish uchun borgan Yevropa Ittifoqi mutaxassislaridan iborat guruh mahalliy rasmiylar bilan uchrashib safarini yakunladi. Inson huquqlari faollari esa ularga guruh bilan uchrashish imkoniyati berilmaganidan norozi. Guruh tashrif yakunlari bo'yicha jurnalistlar bilan ham matbuot anjumani o'tkazmagan.

Jamiyatshunos Komron Aliyev fikricha, Yevropa Ittifoqi vakillari va O'zbekiston rasmiylari inson huquqlari mavzusiga ehtiyotkorlik bilan yondashish va bir-birining asabiga tegmaslik taktikasini qo'llamoqda. Aks holda Andijon voqealaridan beri uzilib qolgan muloqot yana darz ketishi mumkin. Komron Aliyev bu ikki tomonlama muloqotning boshlanishi xolos, deydi.

Biroq huquqshunos Bahtiyor Hamroyevga ko'ra, Yevropa Ittifoqi O'zbekistonga inson huquqlari ahvolini o'rganish uchun emas, hukumat bilan aloqalarni yaxshilash uchun kelgan.

O'zbekistonda inson huquqlari ahvoli bo'yicha ikki tomonlama muloqotni o'tkazish rasmiy Toshkentning Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarini yaxshilash yo'lida taklif etilgan tashabbusi edi. Andijonga ham borgan guruh safar yakunlari bo'yicha hisobotni Yevropa Kengashiga taqdim etadi.

XS
SM
MD
LG