Breaking News

AQSh huquq himoyachilari muhofazasida


Jahon bo’ylab mamlakatlarda nodavlat tashkilotlar va faollar ozchilikdagi etnik guruhlar, ishchilar va ayollar huquqlarini himoya qilishga intilmoqda. Ularning harakatlari fuqarolik jamiyatini barpo etishga, erkin va adolatli saylovlar o’tkazishga va qonun ustuvorligiga asoslangan demokratik tuzum o’rnatishga qaratilgan.

Biroq Rossiya, Belarus, Qozog’iston va O’zbekiston kabi mamlakatlarda nodavlat tashkilotlar ta’qibga uchragan. AQSh Davlat kotibining yordamchisi Berri Lounkronga ko’ra, bunda hol boshqa mamlakatlarda ham uchraydi.

Davlat kotibasi Kondoliza Raysning aytishicha esa, ko’plab nohukumat tashkilotlar va faollar inson huquqlari va demokratik tamoyillarni himoyalashda ko’p shijoat ko’rsatgan, ba’zilari bu yo’lda o’zini qurbon ham qilgan.

"Qachonki nodavlat tashkilotlar va inson huquqlari himoyachilari ta’qibga uchrasa, o’sha yerda ozodlik va demokratiya xavf ostiga tushadi. Jahondagi demokratik davlatlar bunga qarshi kurashishlari kerak. Biz himoyachilarni himoya qilishimiz zarur", deydi Rays xonim.

Nohukumat tashkilotlarni qo’llab-quvvatlash uchun Qo’shma Shtatlar Inson huquqlari himoyachilari jamg’armasini tuzgan. Davlat departamenti jamg’arma hisobidan hukumat tazyiqi tufayli favqulodda yordamga muhtoj inson huquqlari faollari uchun grant beradi.

AQSh, shuningdek, bu yo’nalishda ikkita sovrin ham ta’sis etgan. Ularning biri, “Ozodlik himoyachilari mukofoti” inson huquqlari va demokratiya uchun kurashda mardlik ko’rsatgan chet-el tashkiloti yoki faoliga beriladi.

“Ozodlik uchun diplomatiya mukofoti” esa zulmni to’xtatish va demokratiyani ilgari surishga olib kelgan harakatlarga yordam bergan AQSh elchisiga beriladi.

Qo’shma Shtatlar shaxsiy erkinlikni targ’ib qiluvchi tashqi siyosatiga sodiq qoladi. Nodavlat tashkilotlar faoliyatini himoya qilish esa ana shu siyosatning muhim bir qismi sanaladi. "Ozodlikka bir kechada erishib bo’lmaydi,” deydi AQSh Davlat kotibasi Kondoliza Rays, “biroq unga erishish uchun harakatni kechiktirmaslik kerak.” Qo’shma Shtatlar inson hurmati va demokratiya uchun kurashayotgan tashkilot va insonlarni himoya qilish uchun barcha erksevar davlatlar bilan hamkorlikda harakat qiladi.

XS
SM
MD
LG