Breaking News

AQSh sobiq prezidenti Jerald Ford hayotdan ko'z yumdi


AQSh sobiq prezidenti, respublikachi Jerald Ford (Gerald Ford) 93 yoshida hayotdan ko’z yumdi.

AQShning 38-prezidenti bo’lgan Ford mamlakat tarixidagi eng mushkul davrlardan birida boshqaruvga kelgan.

Jerald Ford Amerika tarixidagi yagona saylanmagan prezidentdir.

Ford 1973 yilda vitse-prezident Spiro Egnyu (Spiro Agnew) korrupsiyada ayblangach, o’rniga tayinlangan edi.

Oradan bir yil o’tmay, prezident Richard Nikson (Richard Nixon) Demokratik partiya idorasiga pinhona ovoz yozish vositasi qo’ydirganlikda ayblanib, ishdan ketgan edi.

Uning o’rniga prezident etib tayinlangan Jerald Ford birinchi navbatda xalqni tinchlantirishga uringan.

“Aziz vatandoshlar, mojaro yakuniga yetdi. Konstitutsiya g’alaba qildi, qonun ustivorligi isbotlandi,” - degan edi Ford murojaatida.

Jerald Ford 1913 yili Nebraska shtatida bir qishloqda dunyoga kelgan. Universitetni tamomlagach, Ikkinchi Jahon urushida qatnashgan.

1948 yilda Kongressga saylangan. Prezidentlikka uncha intilmagan.

Prezident Jorj Bush marhum Jerald Fordni buyuk ameralik va asl o’g’lon deb atadi. Ford, deydi Bush, mushkul davrda mamlakatni qayta oyoqqa turg’azgan va xalqning prezidentga ishonchini tiklagan.

XS
SM
MD
LG