Breaking News

AQSh harbiylari Saddam qatlida ishtirok etmagan


AQSh harbiylarining ta’kidlashicha, ular Saddam Husaynning qatl etilishida hech qanday rol o’ynamagan.

Saddam Amerika qo’lida bo’lganida, deydi harbiylar, qatl jarayoni boshqacha o’tgan bo’lardi.

Rasmiy Bag’dod qatl jarayonining tasvirga tushirilgani va uyali telefonlar orqali keng ommaga tarqatilgani ustidan tergov boshlagan. Bir kishi hibsga olingan, biroq ismi oshkor etilmayapti.

AQSh harbiylarining Bag’doddagi so’zlovchisi Vilyam Koldvel (William Caldwell) deydiki, Saddam Iroq hukumati qo’liga topshirilgan va undan keyingi jarayonni butunlay iroqliklarning o’zi boshqargan.

Qatlning ovozsiz yozib olingan rasmiy nusxasidan farqli o’laroq, uyali telefonga tushirilgan tasvirda Saddam osilishidan oldin masxara qilingan.

Guvohlardan biri shialar peshvosi Muqtada al-Sadrning nomini aytib hayqirgan. Al-Sadr Saddamning ashaddiy dushmani edi.

Iroq va Iordaniyada Saddamning tarafdorlari qatlni “mazhablar-aro qasos” deb ta’riflab, namoyishlar o’tkazgan.

Iroq rasmiylarining bildirishicha, Ichki ishlar vazirligi qatl kamerasida kim hayqirgani va noqonuniy tasvirlarni kim televideniyega uzatganini tekshirmoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Pan Gi-Mun tergov yuzasidan ehtiyotkorlik bilan izoh bermoqda.

Saddam Husayn, deydi Pan Gi-Mun, turli vahshiylik va jinoyatlarni amalga oshirgan. O’lim jazosini har bir mamlakatning o’zi hal qiladi, deydi u.

XS
SM
MD
LG