Kaspiydagi qora oltinning oshig'i olchi

  • Amerika Ovozi

O’tgan chorak asrning eng yirik yonilg’i zahirasi jahon bozoridan ancha yiroqda, Kaspiy dengizida topilgan.

Bugunga kelib, bebaho mahsulotni - Kaspiy neftini bozorda kim sotishi ustidan musobaqa boshlangan.

Raqobat avjida. Sobiq sovet respublikasi Qozog’istonning gaz va neft zahiralari Alyaska yoki Shimoliy Dengizdagidan ham ko’proq. Ammo ularni jahon bozorlariga chiqarish oson emas.

Energetika bo’yicha mutaxassis Julia Nanay nazarida Kaspiydan O’rta-Yer dengiziga neft uzatuvchi Baku-Tbilisi-Jayxun quvuri barpo etilgach, Turkiya ham Rossiya singari eksport o’chog’iga aylandi.

”Bu yirik loyiha Qo’shma Shtatlar yordami bilan amalga oshirildi. Turkiya eksport markaziga aylandi. Turkiya erishayotgan yutuqlarni nazardan chetda qoldirib bo’lmaydi”.

Turkiya endi Sayhon portidan Kaspiy xom neftini eksport qilmoqda. Keyinchalik Yevropaga gaz uzatishni boshlash ham rejalangan. Portning afzal tomoni shuki, tankerlar Qora dengizni O’rta-Yer dengizi bilan bog’lovchi gavjum bo’g’ozlarni chetlab o’tadi.

Ammo asosiy eksportlar Rossiyaning Qora dengiz portidan o’tadi. Qozog’iston neft eksportini uch baravarga ko’paytirmoqchi ekan, Rossiya mahsulot Novorossiysk portidan o’tsin deydi. Garvard Universiteti professori Marshal Goldman nazarida Rossiya Yevropaga yonilg’i ta’minotini o’z nazoratiga olmoqchi.

“Neft daromad keltiradi, neft va gaz quvurlari esa sizga siyosiy ustunlik beradi”.

Goldman fikricha Rossiya eksport salohiyati tufayli bugungi kunda har qachongidan ham qudratli. Kaspiy neft quvurlari uning hududidan o’tishini istagan Ruminiya prezidenti Trayan Basesku nazarida Rossiyaning Gazprom kompaniyasi 60 yil ilgari Qizil Armiya singari hozirda katta nufuzga ega.

”Yevropani energiya bilan ta’minlashda monopoliya emas, erkin raqobatni yo’lga qo’yish lozim”.

AQSh hukumati ham Rossiya bozorida monopoliyani tugatib, raqobatga chaqirib keladi. Osiyoda yonilg’i bozori chaqqon ekan, deydi tahlilchi Julia Nanay, Qozog’iston neft va gazini sharq davlatlariga eksport qilish haqida o’ylay boshlaydi.

“Qozog’iston netftini Xitoy orqali chiqarishi mumkin. Qimmatga ham tushmaydi”.

Ayni paytda Kaspiy nefti yangi quvur orqali Xitoy g’arbiga yetkazilmoqda. Yana bir nechasini qurish rejalangan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG