Toshkentda 5 ballik zilzila kuzatildi


2007 yilning 8 yanvar kuni soat 22.00 atrofida Toshkentda Rixter shkalasi bo`yicha 5 ballda yer silkinishi yuz bergan.

Ma’lumotlarga ko`ra, Toshkentda bu kabi kuchli zilzila yaqin 20 yil atrofida kuzatilmagan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi zilzila natijasida qurbonlar va shikastlanganlar bo`lmaganini qayd etadi.

Zilzila o’chog’i Toshkentdan 200 kilometr masofa uzoqda, Tojikiston hududida joylashgani ma’lum qilindi.

Toshkentda kuzatilgan yer silkinishi esa aholi o`rtasida ancha vahima uyg`otgani kuzatildi. Yer silkinishi o`n daqiqa ichida ikki bor qayd etilgan. Ko’p qavatli ayrim uylardagi jihozlarning yiqilgani aytilmoqda.

O`zbekiston Seysmologiya institutining direktori Qahhorboy Abdulatipovning aytishicha, zilzilaning tunda ro’y berishi aholida qo’rquv uyg’otgani tabiiy, biroq xavfsirashga o’rin yo’q.

“Buzilish, yorilish hollari bo’lmaydi. Chetdan kelgan zilzilalar katta ta'sirga ega emas. Toshkentga kelganucha kuchi yo’qoladi...:.

Abdulatipovning aytishicha, O`zbekiston mintaqadagi boshqa davlatlar qatori yer silkinish ehtimoli kuchli bo`lgan hududda joylashgan. Biroq, institut tomonidan yuritilayotgan tekshiruvlar zilzila takrorlanmasligini ko`rsatmoqda.

“Gohida shunday kuchli silkinish bo`lishi mumkin, lekin yaqin haftalarda, yaqin oylarda zilzila kutilmayapti. Bizning institutimiz viloyatlarda zilzila yuzaga kelishi sabablarini domiy ravishda o`rganib bormoqda”, - deydi Seysmologiya instituti direktori.

XS
SM
MD
LG