Breaking News

Rossiya ishchi migrantlarni tartibga chaqirmoqda


Rossiyada millionlab noqonuniy migrant ishchilar va ularni yollagan ish beruvchilarga qarshi qaratilgan qonun kuchga kirdi. Unga ko'ra, Rossiya bilan vizasiz aloqaga ega sobiq Sovet Ittifoqi respublikalaridan ishlash uchun kelayotgan muhojirlarga nisbatan kvotalar kiritiladi va ishlashga huquqi yo'q muhojirlarni yollagan ish beruvchilar har biriga 30 ming dollargacha jarima to'laydi.

Prezident Vladimir Putin noqonuniy muhojirlarga qarshi kurashni siyosatidagi muhim yo'nalishlardan biri etib belgilagan edi. Uning aytishicha, muhojir ishchilar Moskvaning gavjum bozorlarida ish yuritishga urinayotgan mahalliy aholini siqib chiqarmoqda.

Rossiyada ayni damda bir necha million muhojir ishlaydi. O'zbekistondan chetga ishlash uchun chiqayotganlarning aksariyati ham Rossiyaga boradi.

XS
SM
MD
LG