Qoraqalpog'istonda hukumatdan norozilik kuchaymoqda


Qoraqalpog`istonda biy oycha davom etgan norozilik namoyishlaridan so`ng gaz ta’minoti nisbatan yaxshilangan.

Lekin Orolbo’yi aholisi ko’plab iqtisodiy muammolardan aziyat chekmoqda.

Norozilik namoyishlarida besh mingga yaqin aholi qatnashgan edi. Qatnashchilardan biri, gaz ta’minoti norozilik bildirilgan hududlarda tiklangan xolos, deydi.

“Janjalni yadrosi bo`lgan joydagina gaz ta’minoti muammosi yechildi. Lekin qishloqlarda umuman gaz yoqishmayapti. Bu gazni tashqariga sotamiz deb siqib tashlashdi”, - deydi o’z ismini bildirmagan faollardan biri.

Uning aytishicha, aholi un tanqisligidan qiynalmoqda. “Jon boshiga 3,5 kilogrammdan tarqatilayapti. Bug`doy umuman bo`lmagan. Rejaga nisbatan 40 foiz bajarilgan xolos. Lekin reja bajarildi, tarozidan o`tdi deb yozishgan. Bu judda katta darajadagi buzuqlik”, - deydi u.

Qoraqalpog`iston, xususan Nukus shahar hokimyatidan olingan ma’lumotlarga ko`ra, aholi gaz bilan ta’minlanmoqda va boshqa iqtisodiy, jumladan un yoki paxta yog’i bian bo`gliq muammolar yo`q.

Namoyishlarda qatnashgan huquq himoyachilari esa huquq-taratibot organlaridan shikoyat qilmoqda. Mahalliy faollar turli ayblar bilan ichki ishlar boshqaramasiga chaqirilgan.

Huquq himoyachisi Solijon Abdurahmonovning aytishicha, uning ichki ishlar boshqarmasiga chqarilishi va norasmiy so`roqqa tutilishi bevosita Qoraqalpog’istonda bo`lib o`tgan norozilik namoyishlari bilan bog’liq.

“Besh mingga yaqin aholi norozilikka chiqqanda, nafaqat gaz ta’minoti, balki un, benzin va paxta yog`i bilan bo`gliq masalalar ko`tarildi. Bu huquq himoyachilarining va boshqa shaxslarning faolligi bilan jahon ommaviy axborot vositalariga chiqdi. Xuddi shu narsa ayrim amaldorlarga yoqmagan. Bu ishlar aynan Solijon Abdurahmonov orqali bo’layapti degan fikrga borgan bo`lsa kerak”, - deydi Abdurahmonov.

Uning fikricha Qoraqalpog’iston aholisida norozilik kayfiyati keskin va aholi talabchanligi ortmoqda. Rahbariyat va aholi o`rtasida ziddiyatlar keskinlashib borayotganini kuzatish mumkin.

Og’ir ijtimoiy muammolarda biri fermerlar faoliyati bilan bog’liq. Aholining asosiy ish faoliyati fermerlik, biroq dehqonchilikdan daromadni fermer emas, faqat hukumat ko`rmoqda.

“50 foiz fermerlar plan bajarmagan, ularni qo`rqitishadi - uyingdagi molingni olaman, ko`rpa- to`shagingni olaman deb. Maqsad shantaj qilib ulardan pul yig`ish. Paxtaning tonnasi 150 ming so’m, masalan 10 tonna paxtasi yetmay qolgan fermer 150 million so`m to`lashi kerak, bu pulni beradi, keyin 10 tonna paxta uchun qo`goz yozib berishadi”, - deydi u.

Kuzatuvchilarga ko`ra Qoraqalpog`istondagi ijtimoiy-iqtisodiy avhol O`zbekistonning boshqa viloyatlaridagi kabi o`gir. Biroq Orolbo’yidagi og`ir ekologik holat aholi turmushini yanada qiyinlashtirmoqda.

XS
SM
MD
LG